Margaret Thatcher

Margaret Hilda Thatcher (talaffuzi: Margaret Hilda Tetcher; qizlik familiyasi — Roberts; 13-oktabr 1925 – 8-aprel 2013) – Britan siyosatdoni, 1979—1990-yillarda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻlgan. Thatcher shu mansabdagi birinchi ayol kishi boʻlgan. Qattiqqoʻl siyosati va rahbarligi uchun bir Sovet muxbiri uni „Temir Xonim“ (inglizcha: Iron Lady; ruscha: Железная Леди) deb atagan, bu laqab keyinchalik keng tarqalib ketgan. Bosh vazirlik vaqtida konservativ siyosat yuritgan.

Margaret Hilda Thatcher
image
Tavalludi
Margaret Hilda Roberts

13-oktyabr 1925-yil
Grantham, Lincolnshire, Birlashgan Qirollik
Vafoti 8-aprel 2013-yil(2013-04-08)
(87 yoshda)
Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Otasi Alfred Roberts
Onasi Beatrice Ethel Stephenson

Avvaliga kimyo bilan shugʻullangan Thatcher keyinchalik huquqshunoslikka oʻtgan va 1959-yili parlament aʼzosi etib saylangan. 1970-yili Edward Heath uni Taʼlim va Fan davlat kotibi etib ishga olgan. 1975-yilgi Konservatorlar saylovida Thatcher rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol-yetakchisi boʻldi. 1979-yilgi saylovda ham yengib chiqib, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri boʻldi.

Thatcher yillari deregulatsiya bilan xarakterlanib, shu muhlat davomida u hukumat shirkatlarini xususiylashtirish, kasaba uyushmalari taʼsirini cheklash kabi konservativ islohotlar olib bordi. Ishsizlik va retsessiyadan susaygan Thatcher hukumati ostida mamlakat keyinchalik iqtisodiy oʻsish koʻrdi va 1982-yili Folklend urushida gʻalabaga erishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli Thatcher 1983-yili qayta saylandi.

Thatcher 1987-yili uchinchi muhlatga saylandi, biroq uning jon boshidan olinadigan soliq ʼelon qilishi aholi orasida norozilikka sabab boʻldi, Yevropa Hamkorligiga nisbatan qarashlari esa uning mahkamasi tomonidan xush qarshilanmadi. Natijada 1990-yil noyabrida Thatcher isteʼfoga chiqdi va umrining oxirigacha baronessa unvonida va Lordlar uyida qoldi.

Margaret Thatcher 2013-yil 8-aprelida insultdan vafot etdi.

Manbalar

  1. „BBC News - Ex-Prime Minister Baroness Thatcher dies“. bbc.co.uk (8-aprel 2013-yil). Qaraldi: 8-aprel 2013-yil.
  2. „Маргарет Тэтчер вафот этди“ (oʻzbekcha). kun.uz (2013-yil 8-aprel). Qaraldi: 9-aprel 2013.[sayt ishlamaydi]

Havolalar

  • Margaret Thatcher Foundation (ingl.)


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Margaret Thatcher haqida, Margaret Thatcher nima? Margaret Thatcher nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan