Janubiy Olamushuk
Janubiy Olamushuk — Andijon viloyati Jalolquduq tumanidagi shaharcha (1947 yildan). Tumanning shim.dagi adirda joylashgan. Yaqin temir yo'l stansiyasi – Gurunchmozordan 6 km. Aholisi 6,7 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar. Janubiy Olamushuk 1943 yil neft konining topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Aholining koʻpchiligi neft konida ishlaydi. Janubiy Olamushukda 2 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, madaniy-maishiy xizmat kombinati, savdo shoxobchalari, fizioterapiya sanatoriysi bor. Oʻrta osiyolik tarixchi Narshaxiy (10-asr 1-yarmi) hozirgi Janubiy Olamushuk yaqinida Koh qishlogʻi boʻlgani, uning yonida "Raboti sarhang" qabristoni borligini yozgan.
Janubiy Olamushuk | |
---|---|
qishloq | |
40°45′30″N 72°36′39″E / 40.75833°N 72.61083°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Jalaquduq tumani |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 |
Pochta indeks(lar)i | 171105 |
Avtomobil kodi | 60 |
|
Manbalar
- Андижанская область
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Janubiy Olamushuk haqida, Janubiy Olamushuk nima? Janubiy Olamushuk nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!