Mansur Maqsudiy
Maqsudiy Mansur Abdurauf oʻgʻli – yirik ishbilarmon, Oʻzbekistonning birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimovaning sobiq turmush oʻrtogʻi.
Mansur Maqsudiy | |
---|---|
Tavalludi | 23-may 1966-yil Qobul, Afgʻoniston |
Fuqaroligi | AQSh |
Bolalari | Islom, Imon |
Biografiyasi
1966-yil 23-mayda Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan. Etnik oʻzbek.
Uning otasi Abdurauf oʻzbek boʻlib, 1960-yillarda Afgʻonistonga koʻchib ketgan. Afgʻoniston-Sovet Ittifoqi savdo kengashining raisi boʻlgan. 1980-yillarning boshlarida Nyu-Yorkka ketgan va u yerda elektron mahsulotlar doʻkonini ochgan.
Mansur Garvard universitetini tamomlagan. Gulnora Karimova bilan 1991-yilda Toshkentda tanishgan. Oʻzbekiston prezidentining qiziga uylanganidan keyin muvaffaqiyatli biznesmenga aylangan. Maqsudiy „Coca-Cola“ kompaniyasining Oʻzbekistondagi filiali prezidenti va bosh aksiyadori boʻlgan. Uning faoliyatiga rahbarlik qilish uchun u yana bir firma – Kayman orollaridagi offshor hududda roʻyxatdan oʻtgan „Rose Trading Ltd.“ tashkil etdi. SSSR parchalanganidan keyingi oʻn yil davomida Maqsudiy Oʻzbekistondagi eng muvaffaqiyatli xorijiy ishbilarmonlardan biri boʻlib, Amerikaning yirik kapitali va Islom Karimov oilasi oʻrtasidagi oʻziga xos aloqachi edi.
„Rose Trading“ kompaniyasi rahbari sifatida ishlab topilgan valyutani konvertatsiya qilishning eksklyuziv huquqini olgan.
1994-yilda „Coca-cola“ va „Oʻzbekziqovqatsanoat“ bilan hamkorlikda „Coca-cola Bottlers Tashkent LTD“ qoʻshma korxonasini tashkil etdi. Toshkent va Qibraydagi „Coca-cola“ quyish boʻyicha 2 ta zavodni sotib olgan. 1997-yil fevral oyida Namanganda uchinchi zavodni ochdi (10 million dollar sarmoya kiritdi) va Toshkentda toʻrtinchi zavod qurilishini boshladi.
Gulnora Karimova bilan ajrashgandan soʻng unga tegishli boʻlgan barcha korxonalar tortib olindi, Maqsudiyning oilasi esa Oʻzbekistondan chiqib ketdi.
Ajralish jarayoni ikki yil davom etgan. Nyu-Jersi shtati sudi Gulnora Karimovaning ikki farzandini otasi Mansurga qaytarishga qaror qilgan. Gulnora sudning bu qarorini bajarmadi. Sud Oʻzbekiston prezidentining qizini hibsga olishga ruxsat berdi va unga sud xarajatlari uchun 3,2 million dollari toʻlash majburiyatini yuklagan. 2008-yil iyul oyida Nyu-Jersi shtati Oliy sudi Karimovaning ikki farzandidagi huquqini toʻliq tiklash toʻgʻrisida qaror chiqargan.
Oʻzbekiston Maqsudiyni 17,6 million AQSh dollari miqdoridagi soliqlarni yashirganlikda ayblagan materiallarni AQShga yuborgan. U juda katta miqdorda pora olganlikda, boshqa odamlarning mulkini oʻgʻirlash va pul yuvish bilan shugʻullanganlikda ayblangan. Korxonani roʻyxatdan oʻtkazishda „Rose Trading Ltd“ soxta hujjatlarni taqdim etgani aytilgan. Har xil turdagi tovarlar „Rose Trading Ltd“ kompaniyasi tomonidan Toshkentga emas, balki Birlashgan Arab Amirliklariga joʻnatilgan yoki ular AQShdan umuman chiqmay, Nyu-York va Nyu-Jersi shaharlarida sotilgani iddao qilinadi.
Oʻzbekiston rasmiylarining daʼvo qilishicha, Maqsudiy kompaniyasi ham Iroqqa qarshi xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga qaramay, undan neft mahsulotlarini sotib olib, xalqaro qonunlarni buzgan.
Hozirda Oʻzbekiston soʻroviga koʻra Maqsudiylar oilasining uch nafar aʼzosi Interpol qidiruv roʻyxatida: Abdulrauf, Mansur va Farid Ahmad.
Manbalar
- Karimova Gulnara Islamovna
- MAQSUDI v. KARIMOVA MAQSUDI
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Mansur Maqsudiy haqida, Mansur Maqsudiy nima? Mansur Maqsudiy nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!