Burchmulla xazinasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Burchmulla xazinasi — soʻnggi jez davriga oid moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkeit viloyati Boʻstonliq tumaniyaagn Burchmulla qishlogʻi yaqinidan topilgan (1955). Burchmulla xazinasi topilmalari mil. av. 2—1-ming yilliklar mobaynida yaratilgan 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani toʻqasidan iborat. Nayza uchi (uz. 31 sm) ikki tigʻli, zoʻgʻatasi dumaloq, zoʻgʻata novi yon tomonlarida nayza dastasiga bogʻlashga moʻljallangan teshikchalar bor. Paykonlar 2 parrakli, yaproqsimon. Toʻqalar tugmasimon boʻlib, 2 tasining ilgagi kichkina, 1 tasiniki kattaroq. Burchmulla xazinasi yodgorliklari boshqa hududlardan topilgan Andronovo madaniyati yodgorliklariga koʻp jihatdan oʻxshash. Burchmulla xazinasi Oʻzbekiston FA ning Arxeologiya instituti fondida saqdanadi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Burchmulla xazinasi haqida, Burchmulla xazinasi nima? Burchmulla xazinasi nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!