Kopulyativ organlar

Kopulyativ organlar, qoʻshilish organlari — hayvonlarning qoʻshilish (kuyikish) organlari; erkak hayvonlarda spermani urgʻochisi tanasiga kiritish, urgʻochilarda erkagining Kopulyativ organlarini qabul qilish va urugʻini tirik holda saqlash uchun xizmat qiladi. Kopulyativ organlar faqat ichki urugʻlanadigan hayvonlar: koʻpchilik chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyoqlilar, ayrim baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, barcha sudralib yuruvchilar (gatteriyadan tashqari), ayrim qushlar va barcha sut emizuvchilarda boʻladi. Kopulyativ organlar jinsiy yoʻllarning keyingi qismidan hosil boʻlganida haqiqiy, jinsiy sistema bilan bogʻlanmaganida qoʻshimcha Kopulyativ organlar deyiladi. Erkak hayvonlarda Kopulyativ organlar funksiyasini oyoqlar (qisqichbaqachasimonlar, oʻrgimchaksimonlarda), ogʻiz organlari (ayrim kanalar, solpuglar, ayrim qanotsiz hasharotlar), baliqlarda paypaslagichlar (boshoyoqli mollyuskalar gektokotili) bajarishi mumkin. Odatda, Kopulyativ organlar spermani urgʻochi hayvon tanasiga jinsiy teshik orqali yoki tana devorini teshib teri ostiga kiritadi (ayrim kiprikli chuvalchanglar, parazit halqali chuvalchang mezostomidlar, zuluklar, bosh aylangichlilar). Kopulyativ organlarning morfologik xususiyatlari, koʻpincha, asosiy sistematik belgi hisoblanadi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kopulyativ organlar haqida, Kopulyativ organlar nima? Kopulyativ organlar nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan