Sadbarxon Mamitova

Sadbarxon Mamitova (1966-yil, Jalaquduq tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR – 2021-yil 31-iyul Andijon shahri, Oʻzbekiston) – 2020-yil 4-martdan 2021-yil 31-iyulgacha Andijon viloyati Boʻston tumani hokimi.

Sadbarxon Mamitova
image
image
 Bo‘ston tumani hokimi
Mansab davri
2020-yil 4-mart – 2021-yil 31-iyul
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1966-yil 12-dekabr
Jalaquduq tumani
Vafoti 2021-yil 31-iyul
Andijon shahri
Oʻlim sababi xastalik
Millati o‘zbek
Siyosiy partiyasi "Milliy tiklanish"
Taʼlim Toshkent davlat agrar universiteti
Kasbi agronom
Dini islom

Tarjimail holi

Sadbarxon Mamitova 1966-yilda Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida tugʻilgan, 1982—1986-yillarda Namangan qishloq xoʻjaligi texnikumida oʻqigan, 1993-yil Toshkent davlat agrar universitetini (sirtqi) tamomlagan. U uzoq yillar Jalaquduq tumanida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Xususan, 2007—2008-yillarda tuman hokimi oʻrinbosari – tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻlgan, 2011—2017-yillarda Jalaquduq tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi direktori lavozimlarida ishlagan. 2019-yildan "Yuksalish" umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy boʻlimiga rahbarlik qilgan.

„Daryo“ muxbirining qayd etishicha, Boʻston tumaniga hokim etib tayinlangan Sadbarxon Mamitova 1993—2005-yillarda Jalaquduq tumaniga rahbarlik qilgan Manzura Egamovaning shogirdi hisoblanadi. Sadbarxon Mamitova oʻqishni bitirib kelganidan soʻng, bevosita Manzura Egamovaning qoʻl ostida ishlab, rahbarlik lavozimlariga koʻtarilgan.

Vafoti

Maʼlumotlarga koʻra, Sadbarxon Mamitova 2013—2015-yillar oraligʻida oʻt pufagida mavjud xastalik bois jarrohlik muolajasini olgan. U 2021-yilning iyun-iyul oylarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida ichak kasalligi boʻyicha davolangan, biroq oʻt pufagini lazer nuri orqali olish jarayonida nur ichak tizimlariga shikast yetkazgan va yillar davomida chirish holatiga olib kelgan. Iyun oyida kasallik belgilari kuchayishi oqibatida u yana jarrohlik stoliga yotqizilgan hamda davolanish davomida vafot etgan.

Manbalar

  1. „Andijonning Bo‘ston tumaniga Sadbarxon Mamitova hokim bo‘ldi. U Jalaquduq tumaniga 12-yil rahbarlik qilgan Manzura Egamovaning shogirdi hisoblanadi“.
  2. „Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova vafot etdi“.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Sadbarxon Mamitova haqida, Sadbarxon Mamitova nima? Sadbarxon Mamitova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan