Tarixi Muqimxoniy

Tarixi Muqimxoniy (yoki Muqimxon tarixi) — tarixiy asar. Muallifi XVII asrda oʻtgan yirik tarixchi Muhammad Yusuf Munshiydir.

Asarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Muhammad Yusuf Munshiy asli balxlik boʻlgan va Subhonqulixon (1651—1680-yillarda Balx, 1680—1702-yillarda Buxoro xoni) hamda Muhammad Muqimxon (1697— 1707-yillarda Balx xoni) saroyida munshiy boʻlib xizmat qilgan. U “Tarixi Muqimxoniy” nomli asarini yozgan. Mazkur asar 1697—1704-yillar orasida fors tilida yozilgan boʻlib, Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etadi. “Tarixi Muqimxoniy”da turkiy xalqlarning afsonaviy onasi Alanquva, Chinngizxonning ota-bobolari va moʻgʻullar tomonidan Movarounnahr, Balx va Badaxshonning bosib olinishi tarixi qisqacha bayon etilgan. Ikkinchi bobda Balx va qisman Buxoro xonligining XVII asrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Buxoro va Balx xonliklarining Hindiston, Turkiya va Koshgʻar bilan boʻlgan siyosiy munosabatlari, uchinchi bobda esa 1702—1704-yillar voqealari, xususan Buxoro bilan Balx oʻrtasida boshlangan qurolli kurash oʻrin olgan. Asar toʻla oʻzbekchaga 1861-yili taijima qilingan, undan ayrim parchalar fransuz va rus tillarida e’lon qilingan. 1956-yili toʻliq ruscha taijim asi A.A.Semenov tom onidan chop etilgan.

Adabiyotlar

  • Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A.Madraimov, G. Fuzailova. Т.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tarixi Muqimxoniy haqida, Tarixi Muqimxoniy nima? Tarixi Muqimxoniy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan