Dmitriy Kirichenko
Dmitriy Sergeyevich Kirichenko (ruscha: Дмитрий Сергеевич Кириченко 1977-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — futbol assotsiatsiyasi murabbiyi va sobiq futbolchi. U sobiq Rossiya terma jamoasida hujumchi boʻlib oʻynagan.
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dmitri Sergeyevich Kirichenko | ||
Tavallud sanasi | 17-yanvar 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Novoalexandrovsk, SSSR | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994 | Lokomotiv Mineralnye Vody | 24 | (0) |
1995 | Iskra Novoaleksandrovsk | 16 | (9) |
1996-1997 | Taganrog | 73 | (39) |
1998-2001 | Rostselmash | 108 | (38) |
2002-2004 | CSKA Moscow | 74 | (29) |
2005-2006 | Moscow | 55 | (26) |
2007-2010 | Saturn Ramenskoye | 99 | (26) |
2011-2013 | Rostov | 44 | (10) |
2013 | Mordovia Saransk | 12 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1998 | Rossiya U-21 | 1 | (0) |
2003-2006 | Rossiya | 12 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
2014-2017 | FC Rostov (Yordamchi) | ||
2016 | FC Rostov (Himoya murabbiyi) | ||
2017 | FC Rostov (Himoya murabbiyi) | ||
2018 | FC Ufa (Yordamchi) | ||
2018-2019 | FC Ufa | ||
2022- | Tractor (Yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
2014-yil 10-mart holatiga koʻra, u Rossiya Premer-ligasi tarixidagi 3-toʻpurar (129 gol) va ligadagi oʻyinlar soni boʻyicha 5-oʻrinda turadi (377).
Klubdagi faoliyati
Kirichenko faoliyatini „Lokomotiv Mineralnye Vodi“, " Iskra Novoaleksandrovsk " va " Torpedo Taganrog " kabi kichik klublarda oʻynab boshlagan. 1998-yilda u oʻtgan yili Taganrog klubidagi ajoyib oʻyinidan soʻng Rostselmashga qoʻshilgan.
Keyingi yillarda u eng istiqbolli rossiyalik hujumchilardan biriga aylangan va 2002-yilda Moskvaning CSKA jamoasiga qoʻshilgan. CSKA safida Kirichenko 2002-yilda liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlishga muvaffaq boʻlgan (jamoadoshi Rolan Gusev bilan birga), ikki marta Rossiya Premer-ligasida gʻolib chiqgan va Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2005-yilda u „Moskva“ klubiga joʻnab ketdi. Yangi jamoada oʻynab, u muvaffaqiyatini takrorlagan va yana toʻpurarga aylangan.
U 2007-yildan 2010-yilgacha Saturn jamoasida oʻynagan. 2008-yilda oʻz jamoasining UEFA Intertoto kubogidagi birinchi oʻyinida 7:0 hisobida gʻalaba qozonib, 4 ta gol urgan. Oʻsha turnirning ikkinchi oʻyinida maydonga tushmadi. Keyingi turda u birinchi oʻyinda 2007-yilgi Germaniya chempioni VfB Shtutgartga qarshi oʻyinda (1:0) gol urgan. U jami 5 ta gol bilan UEFA Intertoto kubogi −2008ning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
2011-yilda, Saturn moliyaviy muammolar tufayli tarqatib yuborilgach, Kirichenko 1990-yillarda oʻzi uchun nom qozongan Rostov klubiga qaytgan.
Xalqaro faoliyati
U oʻz mamlakati uchun Yevro-2004da oʻynagan va Yevropa futbol chempionatidagi eng tezkor golini- Gretsiyaga qarshi oʻyinning ikkinchi daqiqasida kiritgan.
Murabbiylik karyerasi
U 2016-yilning 6-avgustida Qurbon Berdiev isteʼfoga chiqqanidan soʻng „Rostov“ klubiga vaqtinchalik murabbiy etib tayinlangan. Uning Rostovdagi murabbiylik karyerasi 2016-yil 9-sentyabrda oʻz yakuniga yetgan.
U 2018-yil 7-noyabrda „Ufa“ klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlangan. Ufa boshqaruvidagi birinchi oʻyinda Moskvaning „Spartak“ klubiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan, ammo keyingi 6 oʻyinda klub bor-yoʻgʻi 2 durang va 4 magʻlubiyatga qayd etgan va 2019-yil 27-martda Kirichenko oʻzaro kelishuvga koʻra Ufani tark etgan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Klub | Mavsum | Liga | Rossiya kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyn | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Torpedo Taganrog | 1996 | 37 | 7 | - | - | 37 | 7 | |||||
1997 | 36 | 32 | - | - | 36 | 22 | ||||||
Jami | 73 | 39 | - | - | 73 | 39 | ||||||
Rostselmash | 1998 | RTD | 23 | 5 | 2 | 1 | - | 25 | 6 | |||
1999 | 28 | 6 | 2 | 0 | 6 | 0 | - | 36 | 6 | |||
2000 | 29 | 14 | 1 | 0 | 2 | 1 | - | 32 | 15 | |||
2001 | 28 | 13 | - | - | 28 | 13 | ||||||
Jami | 108 | 38 | 5 | 1 | 8 | 1 | - | 121 | 40 | |||
CSKA Moscow | 2002 | RPL | 26 | 15 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | 29 | 15 | |
2003 | 22 | 5 | 4 | 1 | 2 | 1 | 1 | 0 | 29 | 7 | ||
2004 | 26 | 9 | 5 | 2 | 3 | 0 | 1 | 1 | 35 | 12 | ||
Jami | 74 | 29 | 11 | 3 | 6 | 1 | 2 | 1 | 93 | 34 | ||
Moscow | 2005 | RPL | 26 | 14 | - | - | 26 | 14 | ||||
2006 | 29 | 12 | 4 | 4 | 4 | 0 | - | 37 | 16 | |||
JAmi | 55 | 26 | 4 | 4 | 4 | 0 | - | 63 | 30 | |||
Saturn Ramenskoye | 2007 | RPL | 27 | 9 | 2 | 1 | - | - | 29 | 10 | ||
2008 | 17 | 1 | 1 | 0 | 3 | 5 | - | 21 | 6 | |||
2009 | 27 | 8 | - | - | 27 | 8 | ||||||
2010 | 28 | 8 | - | - | 28 | 8 | ||||||
Jami | 99 | 26 | 3 | 1 | 3 | 5 | - | 105 | 32 | |||
Rostov | 2011-12 | RPL | 19 | 5 | 3 | 0 | - | 2 | 1 | 24 | 6 | |
2012-13 | 22 | 5 | 4 | 1 | - | 1 | 0 | 27 | 6 | |||
Jami | 41 | 10 | 7 | 1 | - | 3 | 1 | 51 | 12 | |||
Mordovia Saransk | 2013-14 | RPL | 12 | 1 | 2 | 0 | - | - | 13 | 1 | ||
Karyerada jami | 462 | 169 | 32 | 10 | 21 | 7 | 5 | 2 | 520 | 188 |
Xalqaro
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 28.04.2004 | Ullevaal Stadion, Oslo, Norvegiya | ![]() | 3-2 | 3-2 | Oʻrtoqlik |
2 | 20.06.2004 | Estádio Algarve, Faro, Portugaliya | ![]() | 0-1 | 1-2 | UEFA Yevro 2004 |
3 | 08.10.2005 | „Lokomotiv“ stadioni, Moskva, Rossiya | ![]() | 4 — 1 | 5-1 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 5 — 1 |
Yutuqlar
CSKA Moskva
- Rossiya Premer-ligasi : 2003-yil
- Rossiya kubogi : 2001-02
- Rossiya Superkubogi : 2004-yil; ikkinchi oʻrin: 2003-yil
Manbalar
- „100 бомбардиров :: Все бомбардиры чемпионатов России по футболу“. bombarder.narod.ru.
- „Intertoto Cup results, scorers and fixtures“. www.soccerassociation.com.
- „Russia 2–1 Greece“. BBC (20-iyun 2004-yil). Qaraldi: 28-avgust 2007-yil.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dmitriy Kirichenko haqida, Dmitriy Kirichenko nima? Dmitriy Kirichenko nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!