Choʻgʻlanma lampa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Lampa

Choʻgʻlanma lampa — elektr toki taʼsirida tolasi (simi) choʻgʻlanib nur sochadigan yorugʻlik manbai. Ichidan havosi soʻrilib, choʻgʻlanish jismi (sim) joylangan kolba (lampochka)dan iborat. Baʼzi choʻgʻlanma lampalarning kolbasi tolaning trasi, yaʼni nur sochishini yaxshilash uchun inert gaz bilan toʻldiriladi. Choʻgʻlanma lampaning tolasi spiral, bispiral (ikki spiral) yoki trispiral (uch spiral) tarzida oʻralgan volfram simdan qilinadi. Choʻgʻlanma lampa yonganda tolasi 2500—3300 K gacha qiziydi; nur sochish quvvati 10—35 lm/Vt; xizmat muddati 1000 soatgacha. Dastlabki choʻgʻlanma lampani 1872-yilda Aleksandr Lodigin ixtiro qilgan. 1879-yilda Thomas Edison uni takomillashtirgan. Choʻgʻlanma lampalar xonalar va maydonlarni yoritishda, kinoproyeksion apparatlarda, konlarda, avtomobillarda ishlatiladi.

Manbalar

| ]



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Choʻgʻlanma lampa haqida, Choʻgʻlanma lampa nima? Choʻgʻlanma lampa nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan