Vikipediya, erkin ensiklopediya
| Nikolay Pirogov |
|---|
 |
| Tavalludi | 13 (25) noyabr 1810 |
|---|
| Vafoti | 23 noyabr (5-dekabr) 1881 |
|---|
| Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
|---|
Nikolay Ivanovich Pirogov (1810.13.(25), 11. Moskva — 1881.23.11(5,12), hozirgi Vinnitsa yaqinida) — rus xirurgi va anatomi, pedagogi, jamoat arbobi; harbiy-dala xirurgiyasi va xirurgiyadagi anatomik-eksperimental yoʻnalish asoschisi. Peterburg Fanlar akademiyasi mux-bir aʼzosi (1847). Sevastopol mudofaasi (1854— 1855)ning, frans-prus (1870—71) va rus-turk (1877—1878) urushlarining qat-nashchisi. Ilk bor jang maydonida narkoz uchun efir ishlatib operatsiya qilgan (1847), qoʻzgʻalmas gips bogʻlov qoʻllagan, bir qator muhim operatsiyalar va xirurgik usullarni taklif etgan. Rossiyada plastik operatsiya, jahonda esa suyak plastikasi gʻoyasini birinchi boʻlib ilgari surgan; maorif soha-sida universitetlar avtonomiyasi, yalpi boshlangʻich taʼlim tarafdori boʻlgan. Vaboning patologik anatomiyasi boʻyicha qimmatli tadqiqotlar oʻtkazgan (1849). "Topografik anatomiya" atlasi (1—4 jildlar, 1859—1854) jahon miqyo-sida shuhrat qozongan.
Adabiyot
| ] - Geselevich A. M., N. I. Pirogov, M., 1969.
- As.: Sobr. soch., t. 1-8, M. 1957-62; Izbr. pedagogicheskiye sochineniya M., 1953.
Manbalar
| ] - "PIROGOV Nikolay Ivanovich" OʻzME. P-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
| ]
 | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Nikolay Pirogov haqida, Nikolay Pirogov nima? Nikolay Pirogov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!