Yalta konferensiyasi

Yalta konferensiyasi (1945), Qrim konferensiyasi (1945) — Ikkinchi jahon urushi davrida 3 ittifoqchi davlat boshliqlari: I.V.Stalin (SSSR), F.D.Ruzvelt (AQSH) va U.Cherchill (Buyuk Britaniya), tashqi ishlar vazirlari, shtab boshliqlari va boshqalar maslahatchilar ishtirokida (1945-yil 4-11 fevral) boʻlib oʻtgan konferensiya. Unda ittifoqchi davlatlarning harbiy rejalari aniqlab va kelishib olingan, urushdan keyin mustahkam tinchlikni va xalqaro xavfsizlik tizimini barpo etishga qaratilgan ittifoqchilar siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan. Yalta konferensiyasi qatnashchilari german militarizmi va natsizmni tugatish toʻgʻrisidagi maqsadlarini bildirganlar; 3 davlat (shuningdek, rozi boʻlsa, Fransiya)ning Germaniyada okkupatsiya zonasini va ittifoqdosh davlatlarning umumgerman nazorat organini tuzish, urush jinoyatchilarini odil jazoga tortish, natsistlar partiyasini taqiqlash, Germaniyadan tovon undirib olish, BMT-ni tuzish va b. haqida qaror qabul qilingan. SSSR muayyan shartlar asosida, Yevropada urush tugagandan 2-3 oy keyin Yaponiyaga qarshi urushga kirishga rozilik bergan.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Yalta konferensiyasi haqida, Yalta konferensiyasi nima? Yalta konferensiyasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan