Federico Fellini
| Federico Fellini | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 20.01.1920 Italiya |
| Vafoti | 31.10.1993 |
| Fuqaroligi | Italiya |
| Kasbi | Kinorejissor |
| Turmush oʻrtogʻi | Giulietta Masina |
Federico Fellini (talaffuzi: Federiko Fellini; 1920 — 1993) — Italiya kinorejissyori. Fellini 1920-yil 20-yanvarda Adriatik dengizi boʻyidagi Riminida oʻrtahol oilada tugʻilgan. 25-yanvar kuni uni San-Nikolo cherkovida Federiko Domeniko Marcello Fellini choʻqintiradi. 1937-yildan Florensiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, sugʻurta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachirassom, reportyor ham boʻlgan. 1942-yildan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga ssenariy yozgan. R. Rosselinining „Rim—ochiq shahar“, „Payza“ filmlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm anʼanalaridan foydalangan holda oʻzining yorqin kinematografik uslubini yaratdi („Oq shayx“, „Onasining bolalari“, „Yoʻl“, „Shirin hayot“ va boshqalar). „Sakkiz yarim“ nomli yangi yoʻnalishdagi filmida real obrazlar oqimini qahramonlarning subyektiv qarashlari bilan birlashtirdi. „Rim“, „Amarkor“, „Orkestr repetitsiyasi“, „Intervyu“, „Oyning ovozi“ kabi filmlari Italiyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bagʻishlandi. F. ijodiga bagʻishlangan „Chao, Federiko“ filmi ishlangan (rej. G. Baxman, 1969).
Manbalar
| ]| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Autuori. „Ma la casa mia n'dov'è?“ (it-IT). Il Ponte (2017-yil 30-oktyabr).
- 1920-yilda tugʻilganlar
- 1993-yilda vafot etganlar
- Italiyalik erkak aktyorlar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Federico Fellini haqida, Federico Fellini nima? Federico Fellini nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!