Olimjon Salimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Olimjon va familiyasi Salimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Olimjon Salimov
Tavalludi 30-avgust 1947-yil (1947-08-30) (78 yosh)
Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi image OʻzSSR → image Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor
Mukofotlari image image

Olimjon Salimov (1947-yil 30-avgust, Kosonsoy shahri, Namangan viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).

Hayoti

| ]

Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik (1969), rejissyorlik (1993) fakultetlarini tugatgan. 1969—1984-yillar Qoʻqon shahar musiqali drama teatrida aktyor, keyinchalik rejissyor 1984—1993-yillar Fargʻona teatrida bosh rejissyor, 1993-yildan Yosh tomoshabinlar teatrida badiiy rahbar. Rejissyor sifatida „Bir xonada qoʻsh hangoma“ (A. Vampilov), „Sohil yoqalab chopayotgan olapar“ (Ch. Aytmatov), „Jafoga vafo“ (Alp Jamol), „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov, „GranPri“ mukofoti, 1988, 1989), „Toshkentga sayohat“ (Hamza), „Ot yigʻlagan tomonda“ (T. Murod), „Ufq“ (S.Ahmad), „Boz masxaraboz“ (O.Salimov), „Sohibqiron“ (A. Oripov), „Turna patlari“ (Dzuindzi Kinosito), „Ikki moʻjiza“ (K. Gotssi), „Dala sayli“ („Piknik“, F. Arabbal), „Uchar tabib“ (Molyer) kabi spektakllarni sahnashshtirgan. Uning spektakllari xalqchilligi, milliyligi, anʼanalarni yangicha, zamonaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida uygʻunlashtiriligi bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti lareati (1990).

Filmografiyasi

| ]
Yil Nomi Obraz Izoh
2023 Abdulla Oripov

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Olimjon Salimov haqida, Olimjon Salimov nima? Olimjon Salimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan