Oqtom qabristoni
Oqtom qabristoni - Janubiy Fargʻonadagi Margʻilonsoyning chap qirgʻogʻidagi Oqtom va Damkoʻl qishloklari qarshisida joylashgan qad. qabriston (miloddan avvalgi 6—3 a.lar). Jami 65 ta mozorqoʻrgʻon aniqlangan, ulardan 15 tasi milodning boshlariga taallukli; qolgan 50 tasining 31 donasi kavlab ochilgan. Kavlangan mozorqoʻrgʻonlar ostida 126 ta qabr qazib oʻrganildi. Mozorqoʻrgʻonlar tuproq va chaqirtoshlarni qabr ustiga toʻplab — uyum qilishdan vujudga kelgan. Ular ostidagi oʻrta qabrda 1 tadan 8 tagacha mayyit boshini gʻarbga qilib qoʻyilgan. Chirigan yogʻoch qoldiqlariga koʻra, oʻralar ustiga yogʻoch terilib soʻngra usti yopilgan. Bu davr urf-odati boʻyicha marxum oʻng tomoniga sopol idishlar (baʼzan maxsus tokchaga), jezdan pichoq, bigiz, paykonlar hamda jez, temir va suyakdan yasalgan taqin-choklar, baʼzan qoʻyning biror boʻlagi ham qoʻyilgan. Mahalliy aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oqtom qabristoni haqida, Oqtom qabristoni nima? Oqtom qabristoni nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!