Muzaffar Muhamedov
- Vikipediyada ismi Muzaffar va familiyasi Muhamedov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Muzaffar Muhamedov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1-yanvar 1902-yil Toshkent |
| Vafoti | 18-noyabr 1995-yil (93 yoshda) |
| Taʼlimi | Moskva oʻzbek drama studiyasi |
| Kasbi | aktyor, rejissyor |
| Unvoni | |
Muzaffar Muhamedov (1902-yil 1-yanvar, Toshkent — 1995-yil 18-noyabr) — aktyor, rejissyor, teatr tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1937), O‘zbekiston SSR xalq artisti (1959).
Faoliyati
| ]Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1927). Ijodiy faoliyatini Hamza rahbarligidagi „Turk kuchi“ truppasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919—1924-yillar Oʻzbek davlat namuna drama truppasida aktyor. Andijon teatrida bosh rejissyor (1928—1930), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1930—1939), Navoiy teatrida (1939—1943 va 1950-yildan) rejissyor, Muqimiy teatrida bosh rejissyor (1943—1950). Mahmudxon („Zaharli hayot“), Muslim („Halima“), Oʻlmas Botir („Yorkinoy“), Mirzaboshi („Arslon“) va boshqa uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir.
Muhamedov rejissyorlik faoliyatining dastlabki davrlarida V. Meyerxold yoʻlidan borgan, keyinchalik Muhamedov rejissurasi oʻziga xos rivoj topgan. U musiqali teatr rejissyori sifatida shakllangan va bu sohada oʻziga xos rejissyorlik maktabini yaratgan. „Halima“ (F. Zafariy), „Gulsara“ (K. Yashin, M. Muhamedov; T. Jalilov), „Layli va Majnun“ (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), „Davron ota“ (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), „Tohir va Zuhra“, „Alpomish“ (S. Abdulla; T. Jalilov), „KIMga“ (Roslavets, T. Jalilov), „Gʻunchalar“ (Z. Fatxullin; T. Jalilov), „Oftobxon“ (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. „Ichkarida“ pyesasini, „Gulsara“, „Dilorom“, S. Abdulla bilan „Maysaraning ishi“ operalarining librettosini yozgan.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 1-yanvarda tugʻilganlar
- 1902-yilda tugʻilganlar
- 18-noyabrda vafot etganlar
- 1995-yilda vafot etganlar
- O‘zbekiston SSR xalq artistlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muzaffar Muhamedov haqida, Muzaffar Muhamedov nima? Muzaffar Muhamedov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!