Ibrohim al-Mavsiliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibrohim al-Mavsiliy
Tavalludi 742
Kufa
Vafoti 804
Bagʻdod
Kasbi musiqachi, bastakor

Abu Isʼhoq Ibrohim al-Mavsiliy (arabcha: أبو إسحاق إبراهيم الموصلي‎; 742–804) – asli kelib-chiqishi fors millatiga mansub boʻlgan musiqachi, ilk Abbosiylar davrining eng buyuk bastakorlaridan biri. Ray shahrida arab va fors musiqasi boʻyicha tahsil olgach, Abbosiylar xalifaligi poytaxti Bag‘dod shahriga chaqirilgan va u yerda ketma-ket uch xalifa: al-Mahdiy, al-Hodiy va Horun ar-Rashid saroyida xizmat qilgan. Ayniqsa, Horun ar-Rashid bilan yaqin munosabatda boʻlib, oʻz zamonasining yetakchi musiqachisiga aylangan. Uning shogirdlari orasida Muxoriq, Zalzal va Ziryob kabi mashhur musiqachilar boʻlgan. Abu Is’hoqning nomi „Ming bir kecha“ rivoyatlarida tilga olinadi

Hayoti va faoliyati

| ]

Abu Is’hoq Kufa shahrida tugʻilgan. Yoshligida ota-onasidan ayrilgan va amakisining qoʻlida tarbiyalangan. Oradan bir yil oʻtgach, Ray shahriga borib, u yerda xalifa al-Mansurning elchisini uchratgan, bu esa unga Basraga kelib, qoʻshiqchilik saboqlarini olish imkonini bergan. Abu Is’hoqni ilm emas, balki qoʻshiq aytish koʻproq jalb qilgan va yigirma uch yoshida Mosulga qochib, u yerda erkin yashovchi yoshlardan iborat bir guruhga qoʻshilgan. Uning qoʻshiqchilikdagi shuhrati tez orada yoyilgan va xalifa al-Mahdiy uni saroyiga chaqirgan. Abu Is’hoq al-Hodiy davrida ham saroyda uning sevimli kishilaridan boʻlgan, shuningdek, Horun ar-Rashid uni doimiy ravishda oldida olib yurgan. Abu Is’hoqning vafotidan soʻng esa xalifa oʻgʻli al-Maʼmunga marhum uchun duo qilishni buyurgan.

Manbalar

| ]
  1. Fück 1986.
  2. Neubauer 2001a.
  3. Thatcher 1911.
  4. Fatema Mernissi, "The Forgotten Queens of Islam ", University of Minnesota Press, 1997 pg 55: „Ibrahim al-Mawsili and his son were of Persian origin.“

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ibrohim al-Mavsiliy haqida, Ibrohim al-Mavsiliy nima? Ibrohim al-Mavsiliy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan