Abdulhaq Abdullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulhaq Abdullayev
Haqiqiy ismiAbdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich
Tavalludi 30-dekabr 1918-yil
Turkiston (shahar)
Mashhur suratlari Hovuz boʻyida
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq rassomi

Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918-yil 30-dekabr, Turkiston shahri) – rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968-yil), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997-yil). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 – 1936-yillar) va Moskva badiiy institutida (1938–1941-yillar) taʼlim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan („Hovuz boʻyida“, 1932-yil; „Yoz“, 1937-yil; „Doʻstim portreti“, 1937-yil). Kishilarning holat va kayfiyati, maʼnaviy, yorkin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur: „Abror Hidoyatov Otello roli-da“ (1946-yil), „Mannon Uygʻur“ (1946-yil), „Oybek“ (1949-yil), „Nazarali Niyozov“ (1949-yil), „Jiyan Shahlo“ (1959-yil), „Komil Yashin“ (1960-yil), „Navoiy“ (1973-yil), „YO. Toʻraqulov“ (1975-yil), „O. Sodiqov“ (1978-yil) va boshqa; shuningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan („Muallif portreti“, 1937-yil; „Muallifning qirgʻiz qalpok kiygan portreti“, 1980-yil; "Mu-allifning 15-asr kiyimidagi portreti, 1984-yil va boshqalar) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar („Yomgʻirdan soʻng“, 1954-yil; „Bahor keldi“, 1955-yil; „Xumsonda“, 1961-yil va boshqalar), natyurmortlar („Olma“, 1962-yil; „Uzum va shaftoli“, „Qovun bilan xandalak“, 80-yillar va boshqalar) muallifi. 1957-yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu oʻlka manzaralari („Tongda Tojmahal“), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda Oʻzbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish kilingan. Navoiy portretini yaratish ustida izlanishlar mahsuli sifatida yuzaga kelgan asarlari Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968-yil), Andijon adabiyot va sanʼat muzeyida (1969), Oʻzbekiston sanʼat muzeyida (1980-1984-yillar) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977-yil). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan (1998-yil). Ad.: A. Abdullayev: Albom reproduksiy, T., 1983-yil.

Manbalar

| ]
  1. * OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulhaq Abdullayev haqida, Abdulhaq Abdullayev nima? Abdulhaq Abdullayev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan