Leonardo Spinazzola ((Italyancha talaffuzi: leoˈnardo spinatˈtsɔːla )1993-yil 25-martda Italyaning Foligno shahri, Umbria tumanida tugʻilgan) – Italiyalik professional futbolchi, A Seriya vakili Rim shahrining "Roma" klubi va Italiya milliy futbol terma jamoasida chap qanot yarim himoyachisi va qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
| ]
Siena bilan dastlabki yillar va „Yuventus“ga ijaraga berilishi
| ]
Foligno shahrida tugʻilgan Spinazzola professional faoliyatini Siena klubining yoshlar jamoasida boshlagan. 2010-yilda u Primavera jamoasiga tayinlangan holda vaqtinchalik ijara shartnomasi asosida "Yuventus" ga qoʻshiladi. 2012-yil iyun oyida „Yuventus“ 400 000 yevroga evaziga futbolching transfer huquqlarining yarimini sotib oladi.
2012-yilning 5-iyulida Spinazzola va Filippo Boniperti B Seriyaning „Empoli“ klubiga bir mavsumga ijaraga beriladi. 1-sentabr kuni safarda „Novara“ jamoasiga qarshi 2:2 hisobida durang oʻyinida ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushadi va jamoa tarkibidagi dastlabki professional oʻyinini oʻtkazadi va .
Spinazzola oʻzining birinchi golini Livorno jamoasiga qarshi bahsda uradi, ammo jamoasi 2:4 hisobida magʻlub boʻladi. Mavsumda faqatgina yettita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, uning ijara muddati qisqardi va 2013-yil yanvar oyida vaqtinchalik ijara shartnomasi asosida Virtus Lanciano jamoasiga oʻtadi.
Spinazzola Virtus jamoasi tarkibida uchta oʻyinda ishtirok etadi va shu uchta oʻyinning barchasida zaxiradan maydonga tushadi. 2013-yil 10 avgustda oʻzining ilk jamoasi Sienaga yana ijaraga beriladi. Siena tarkibida muntazam ravishda maydonga tushadi va 24 oʻyinda bitta gol uradi.
2014-yil iyun oyida Siena va „Yuventus“ oʻrtasidagi futbolchining transfer huquqlari egalik shartnomasi yana yangilandi. Biroq iyul oyida Siena bankrot boʻlgach, „Yuventus“ Spinazzolaning qolgan 50% transfer huquqini ham tekinga qoʻlga kiritadi.
2014-yilning 11-avgustida Spinazzola A Seriyaning "Atalanta" jamoasiga ijara asosida qoʻshiladi. 23-avgust kuni u klubdagi debyutini Italiya kubogi doirasida Pisa jamoasiga qarshi oʻz uyidagi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oyinida oʻtkazadi va oʻyindagi soʻnggi golini uradi. Spinazzola 31-avgust kuni Italiya oliy ligasida debyut qiladi va „Verona“ ga qarshi oʻyinning 82-daqiqasida Marselo Estigarribiyani almashtiradi. Futbolchilar Vicensza va Perugia bilan birga ijaraga olinganidan soʻng, Spinazzola 2016-yil iyul oyida Atalantaga qayatdi.
Yuventus
| ]
"Atalanta"da ikki mavsumni ijarada oʻtkazgan Spinazzola 2018-yilning oʻrtalarida „Yuventus“ga qaytadi. Tizzasidan olgan jarohati tufayli 2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida oʻynay olmaydi. 11-noyabr kuni Spinazzola „Yuventus U19“ tarkibida „Sassuolo U19“ jamoasiga ga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda maydonga tushadi va 35-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol etadi. Spinazzola „Yuventus“dagi debyutini 2019-yilning 12-yanvarida Italiya kubogi doirasida "Bolonya" ustidan mehmonda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinida oʻtkazadi. „Yuventus“dagi debyutidan oldin Spinazzola „Yuventus U19“ tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan edi. U Chempionlar Ligasidagi debyutini 12-mart kuni oʻz uyida "Atletiko Madrid" qarshi bahsda oʻtkazadi. Yuventus oʻsha oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda, turnirning 1/8 finaliga yoʻl oladi. „Yuventus“ jamoasi umumiy hisobda 3:2 hisobida gʻalaba qozongan holda chorak finalga yoʻllanmasini naqd qiladi.
Roma
| ]
2019-yilning 1-iyulida Spinazzola „Yuventus“dan 29,5 million yevro evaziga Rimning "Roma" jamoasiga oʻtib, klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi, Luca Pellegrini esa Romadan keksa senyora tarkibiga oʻtadi. 2020-yil yanvar oyida Spinazzola Matteo Politano evaziga Milanning „Inter“ iga oʻtishga yaqin edi, biroq soʻnggi daqiqada shartnoma buziladi, chunki „Inter“ murabbiylarini Spinazzolaning jismoniy holati toʻliq qoniqtirmaydi.
Milliy terma jamoada
| ]
2017-yil 28-mart kuni Spinazzola Italiya milliy futbol terma jamoasi safida debyut oʻyinini boshqa toʻrt nafar futbolchi bilan birga Gollandiyaga qarshi safarda 2:1 hisobidagi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻrinbosar sifatida oʻtkazadi.
2021-yil iyun oyida Spinazzola milliy terma jamoa bosh murabbiy Roberto Mancini tomonidan UEFA Evro-2020 uchun Italiya terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Turnirning 11-iyun kuni boʻlib oʻtgan ochilish oʻyinida Turkiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Spinazzola oʻz koʻrsatgan oʻyini uchun UEFA tomonidan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. 26 iyun kuni u 1/8 finalda Austria termasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda qoʻshimcha boʻlimda Federico Chiesa tomonidan kiritilgan golga assistentlik qiladi va keyinchalik Matteo Pessina tomonidan kiritilgan gʻalaba golida ham ishtirok etadi. Oʻzining oʻyini tufayli UEFA tomonidan turnirda ikkinchi marta oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. 2-iyul kuni chorak finalda Belgiya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Spinazzola tizza suyaginin yorilishi tufayli oʻyinni davom ettira olmaydi va turnirda qaytib maydonga tushmaydi. 5-iyul kuni Spinazzolaning chap tizzasidagi jaroxati muvaffaqiyatli operatsiya qilinadi. 11-iyul kuni Spinazzola "Wembley" stadionida boʻlib oʻtgan finalda Angliya terma jamoasiga qarshi final baxsida asosiy vaqtda hamda qoʻshimcha boʻlimlarda ham 1:1 hisobi oʻzgarmay qoladi va Italya penaltilar seriyasida 3:2 hisobida gʻalaba qozonadi. Spinazzola garchi Italiya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni boʻladi. Spinazzola turnirning eng tezkor oʻyinchisi boʻlib, vengriyalik Loïc Négo bilan tenglashib, 33,8 km/soat tezlikka erishadi. Turnirdagi oʻyinlari tufayli u turnirramziy jamoasiga kiritiladi.
Oʻyin uslubi
| ]
Tabiatan Spinazzola oʻnaqay oʻyinchi boʻlsada, chap qanotda toʻliq himoyachi, qanot hujimchisi yoki qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynashni afzal koʻradi. koʻp qirrali futbolchi, u maydonning oʻng tomonida ham oʻynashga qodir. Tez va hujumkor oʻyinchi, u oʻzining chidamliligi, jahon darajasidagi tezligi va tezlashuvi, jismoniyligi va sayqallangan dribling mahorati bilan mashhur boʻlib va bunday qobilyatlar unga qanotda yakkama-yakka vaziyatlarda raqib futbolchisini fintlar bilan dogʻda qoldirishga imkon beradi. Shuningdek, u toʻpni birinchi teginishdayoq toʻxtatishga qodir, markazni kesib oʻtish va jamoadoshlariga zarba berish uchun qulay uzatmalar amalga oshirish yoki qanotdan hujum qilish orqali jamoasining keskin hujumlariga katta hissa qoʻshishi mumkin. Himoyada u oʻzining oldindan koʻrishi qobiliyati va havodagi oʻyini bilan oʻz darajasini koʻrsatib kelmoqda. Uning koʻp qirraliligi, xarakteristikalari, roli va oʻyin uslubi Italiya va „Yuventus“ning sobiq qanot himoyachisi Janluka Zambrotta bilan solishtirishga sabab boʻladi, Spinazzolaning oʻzi uning asosiy kumirlaridan biri sifatida keltirgan.
Shaxsiy hayoti
| ]
2018-yil may oyida Spinazzola va uning qiz doʻsti Miriam Sette birga oʻgʻil koʻrishsdi. 2020-yil 24-dekabrda ular turmush qurishdi. 2021-yil fevral oyida esa ikkinchi farzandi qizili boʻlishadi.
Faoliyat statistikasi
| ]
Klub
| ]
2022-yil 27-Oktyabrgacha bo'lgan o'yinlar
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub
Mavsum
Liga
Italiya kubigi
Xalqaro
Boshqa
Jami
Chempionat
Oʻyin
Gollar
Oʻyin
Gol
Oʻyin
Gol
Oʻyin
Gol
Oʻyin
Gol
Juventus
2011–2012-yilgi
Serie A
0
0
0
0
—
—
0
0
Empoli (ijara)
2012–2013-yilgi
Serie B
7
1
1
0
—
—
8
1
Virtus Lanciano (ijara)
2012–2013-yilgi
Serie B
3
0
0
0
—
—
3
0
Siena (ijara)
2013–2014-yilgi
Serie B
24
1
2
0
—
—
26
1
Atalanta (ijara)
2014–2015-yilgi
Serie A
2
0
3
1
—
—
5
1
Vicenza (ijara)
2014–2015-yilgi
Serie B
10
0
0
0
—
—
10
0
Perugia (ijara)
2015–2016-yilgi
Serie B
34
0
2
0
—
—
36
0
Atalanta (ijara)
2016–2017-yilgi
Serie A
30
0
2
0
—
—
32
0
2017–2018-yilgi
Serie A
18
0
1
0
6
0
—
25
0
Jami
48
0
3
1
6
0
0
0
57
1
Yuventus
2018–2019-yilhi
Serie A
10
0
1
0
1
0
0
0
12
0
Roma
2019–2020-yilgi
Serie A
24
1
0
0
8
1
—
32
2
2020–2021-yilgi
Serie A
27
2
1
0
11
0
—
39
2
2021–2022-yilgi
Serie A
3
0
0
0
1
0
—
4
0
2022–2023-yilgi
Serie A
11
0
0
0
5
0
—
16
0
Jami
65
3
1
0
25
1
0
0
91
4
Faoliyatida jami
203
5
13
1
32
1
0
0
248
7
Xalqaro
| ]
match played 14 June 2022
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa
Yillar
oʻyin
gol
Italiya
2017
5
0
2018
0
0
2019
3
0
2020
2
0
2021
8
0
2022
3
0
Jami
21
0
Yutuqlar
| ]
Yuventus yoshlar jamoasi
Torneo di Viareggio : 2012
Yuventus
A seriya : 2018–2019-yil
Italiya Superkubogi : 2018-yil
Roma
UEFA Yevropa konferentsiya ligasi gʻolibi : 2021–2022-yilgi mavsum
Italiya
UEFA Yevropa chempionati gʻolibi : 2020-yil
Shaxsiy
UEFA Yevropa chempionatining eng yaxshi ramziy jamoasi : 2020
UEFA Yevropa ligasining mavsumdagi ramziy tarkibi: 2020–2021-yilgi mavsum
Torneo di Viaregjioning eng yaxshi futbolchisi: 2012-yil
Buyurtmalar
5-sinf / Ritsar: Cavaliere Ordine al Merito della Italiana Repubblica : 2021
Eslatmalar
| ]
Appearance in UEFA Champions League
Appearance in UEFA Europa Conference League
Appearances in UEFA Europa League
Manbalar
| ]
„Comunicato Ufficiale N. 137“ [Official Statement No. 137] (it). Lega Serie A (2017-yil 6-fevral). 2021-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyun.
„Coppa: Atalanta push past Pisa“. Football Italia (2014-yil 23-avgust). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
„Atalanta 0–0 Verona“. Football Italia (2014-yil 31-avgust).
Ben Gladwell.„Juventus season tickets sell out after Cristiano Ronaldo arrival“. ESPN FC (2018-yil 20-iyul). Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
Sport.„Atalanta, lesione al crociato per Spinazzola“ (it). sport.sky.it. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
„Primavera, Sassuolo-Juve 1-3. A segno anche Spinazzola. Genoa-Roma 3-3“ (it). La Gazzetta dello Sport - Tutto il rosa della vita. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
Ryan Benson.„Allegri salutes Spinazzola for 'excellent' Juventus debut“. Goal.com (2019-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 14-yanvar.
„Line-ups: Juventus v Atletico Madrid“. Football Italia (2019-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 13-mart.
Murray, Scott. „Juventus 3-0 Atlético Madrid (agg: 3-2): Champions League last 16, second leg – as it happened“. The Guardian (2019-yil 12-mart). Qaraldi: 2019-yil 13-mart.
„Roma complete signing of Spinazzola“. A.S. Roma (2019-yil 1-iyul). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
„AS Roma signed Leonardo Spinazzola from Juventus, who signed Luca Pellegrini from Roma...“ (en-US). Football News 24 (2019-yil 1-iyul). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
Monti, Andrea. „Politano-Spinazzola, un colpo di farsa mercato“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport (2020-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
Valerio Clari.„Olanda-Italia 1-2, Eder e Bonucci ribaltano l'autogol di Romagnoli“ (Italian). La Gazzetta dello Sport (2017-yil 28-mart). Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
„Mancini names uncapped striker Raspadori in final Italy Euro 2020 squad“. Reuters (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-iyun.
„Spinazzola: 'We had goosebumps'“. Football Italia (2021-yil 11-iyun). Qaraldi: 2021-yil 11-iyun.
„Italy need extra time to beat Austria“. BBC Sport (2021-yil 26-iyun). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
„Italy 2-1 Austria: Mancini's subs squeeze Azzurri through“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 26-iyun). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
„Leonardo Spinazzola has successful operation on ruptured Achilles tendon“. theathletic.com (2021-yil 5-iyul).
McNulty, Phil. „England lose shootout in Euro 2020 final“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-iyul.
„EURO 2020 stats: fastest players, distance covered, attacking runs and best dribblers“ (en). UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 12-iyul). Qaraldi: 2021-yil 17-iyul.
„UEFA EURO 2020 Team of the Tournament revealed“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 13-iyul). Qaraldi: 2021-yil 13-iyul.
„TMW VIAREGGIO – Trionfa la Juventus“ (Italian). TuttoMercatoWeb (2009-yil 23-fevral). Qaraldi: 2009-yil 15-mart.
Honeyman, Sam. „Roma 1–0 Feyenoord: Zaniolo strike wins the first Europa Conference League final“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2022-yil 25-may). Qaraldi: 2022-yil 25-may.
„UEFA Europa League Squad of the Season 2020/21“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2021-yil 28-may). Qaraldi: 2021-yil 30-may.
„Ciro Immobile turns 20 in a perfect week!“. juventus.it (2010-yil 20-fevral). 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
„Mattarella ha conferito onorificenze motu proprio ai giocatori e allo staff della Nazionale vincitrice del campionato europeo“ (Italian). quirinale.it (2021-yil 16-iyul). 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
Havolalar
| ]
Leonardo Spinazzola at TuttoCalciatori (in Italian)
FIGC profile (italyancha)
Leonardo Spinazzola at Soccerway
สปินาโซล่า (Wayback Machine saytida 2022-11-24 sanasida arxivlangan) At uoindex
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!