Shokir Fayzullayev
Shokir Nasibullayevich Fayzullayev — 2010—2015-yillarda Oʻzbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi.
Shokir Nasibullayevich Fayzullayev | |
---|---|
![]() ![]() | |
Mansab davri 2010-yil 23-mart – 2015-yil 29-avgust | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Qambarali Eshonqulov |
Vorisi | Alisher Sultonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 7-iyun 1964-yil Toshkent |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Mukofotlari | ![]() |
Biografiyasi
Maʼlumoti
1986-yilda Toshkent politexnika institutini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
1986—1991-yillarda — „Progress“ ishlab chiqarish birlashmasida texnologik muhandis, katta muhandis, yetakchi muhandis, sektor mudiri, mahalliy qurilish materiallari va mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i.
1991—1992-yillarda „Nafosat“ ishlab chiqarish kichik korxonasi direktori.
1992—1993-yillarda „Mahalliy sanoat“ birlashmasi bosh mutaxassisi, 1-toifali muhandis-iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi.
1993—1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasida tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk bo‘limi boshlig‘i.
1994—1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijdagi mulk bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — xorijiy investitsiyalar va xorijdagi mulk boshqarmasi boshligʻi.
1995—1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi huzuridagi xususiylashtirishga ko‘maklashish guruhi ijrochi direktori.
1998—1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi investitsiya dasturlari bo‘limi bosh mutaxassisi.
1999—2003-yillarda „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi sektorni isloh qilish va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish boshqarmasi boshlig‘i.
2003—2005-yillarda „O‘zbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi neft-gaz tarmog‘ini istiqbolli mutanosib rivojlantirish va shartnomaviy tashqi iqtisodiy aloqalar bosh boshqarmasi boshlig‘i.
2004—2005-yillarda „O‘zneftgazmash“ aksiyadorlik jamiyati bosh direktori.
2005-2008-yillarda „O‘zbekkimyomash zavodi“ OAJ bosh direktori.
2008—2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari.
2010—2015-yillarda „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.
2015—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari.
2017-yildan „Jizzakh Petroleum“ (hozirgi „Sanoat Energetika Guruhi“ MChJ) bosh direktori.
2007-yildan Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali Vasiylik kengashi aʼzosi.
Manbalar
- arxiv nusxasi, 2023-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-05-24
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shokir Fayzullayev haqida, Shokir Fayzullayev nima? Shokir Fayzullayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!