Lola Karimova-Tillayeva

Vikipediyada ismi Lola boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Lola Islomovna Karimova-Tillayeva (Lola Islomovna Karimova-Tillaeva; 1978-yilda Toshkentshahrida tavallud topgan) – Oʻzbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi.

Lola Karimova Tillayeva
image
Tavalludi 3-iyul 1978-yil (1978-07-03) (47 yosh)
Toshkent, Oʻzbek SSJ
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Timur Tillayev
Bolalari oʻgʻli - Umar , qizi - Maryam
Otasi Islom Karimov
Onasi Tatyana Akbarovna Karimova
Veb-sayti lolakarimova.com

Biografiyasi

Lola Karimova-Tillaeva 1978-yil Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida tavallud topdi. U Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida „Xalqaro huquq“ yoʻnalishi boʻyicha bakalavr va magistrlik darajasini oldi, soʻngra Toshkent davlat universitetida psixologiya fanlari nomzodi darajasiga ega boʻldi.

Faoliyati

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva mamlakatning koʻp asrlik merosini Yevropada tanitishga katta ahamiyat berib kelmoqda. Bundan asosiy maqsad esa tamaddunlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashda va ularning qadriyatlarini hurmat qilishda koʻmaklashishdir.

Karimova-Tillaeva taʼlim va sportni qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga ikki yirik hayriya tashkilotlarning boshligʻi sifatida, yetim va nogiron bolalarga yordam berish faoliyati bilan Oʻzbekistonda tanilgan.

UNESCO elchisi

Lola Karimova-Tillaeva 2008-yilning yanvar oyida YUNESKOdagi Oʻzbekistonning Doimiy vakili vazifasiga tayinlangan. Karimova-Tillaeva hamda uning safdoshlari madaniyatlaroro muzokaralarning ilgari surish hamda rivojlanishiga Oʻzbekistonning boy maʼnaviy va madaniy-tarixiy merosi borasida Yevropa jamoatchiligining xabardorligini oshirish yoʻli orqali oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar.

„Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi“ degan tushuncha keng tarqalgan bir paytda, Oʻzbekistonning YUNESKOdagi elchisi faoliyati jarayonida, Lola Karimova-Tillaeva Gʻarb hamda musulmon olami oʻrtasidagi dialogni yanada olgʻa surish, mavjud tushunmovchiliklarni hamda destruktiv stereotip va yanglishishlarni bartaraf qilish uchun kerakli shart-sharoit yaratishlikda taʼlim va madaniyatlararo hamfikrlikni ilgari surishni muhim vosita sifatida tan olib, bunga koʻproq ahamiyat berishga intilgan.

Manbalar

  1. ЮНЕСКО ЭЛЧИСИ, 2013-06-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-04

Havolalar

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Lola Karimova-Tillayeva haqida, Lola Karimova-Tillayeva nima? Lola Karimova-Tillayeva nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan