Qoʻngʻirot sulolasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qoʻngʻirotlar sulolasi - Xiva xonligini idora etgan oʻzbek xonlari sulolasi (1770—1920).

Asoschisi — Muhammad Amin inoq. U yovmutlardan boʻlgan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hokimiyatni egallagan. Muhammad Amin inoq va oʻgʻli Avaz Muhammad inoq taxtga chingiziy qoʻgʻirchoq xonlarni oʻtqazib davlatni amalda oʻzlari boshqargan. Eltuzar 1804-yil Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802-04)ni taxtdan tushirib oʻzini xon deb eʼlon qilgan.

Oʻzbek Qoʻngʻirot sulolasi vakillari: Muhammad Amin inoq (1770—90), Avaz Muhammad inoq (1790-1804), Eltuzarxon (1804-06), Muhammad Rahimxon I (1806—25), Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45), Muhammad Aminxon (1845 — 55), Abdullaxon (1855-56), Qutlugʻmurodxon (1856), Said Muhammadxon (1856-64), Muhammad Rahimxon II (1864-1910), Asfandiyorxon (1910-18). Said Abdullaxon (1918-20).

Yosh xivaliklar qizil armiya yordamida 1920-yil 2 fevralda Said Abdullaxonni taxtdan tushirib Xiva xonligi tugatilganini eʼlon qilishgan.

Manbalar

| ]

Adabiyotlar

| ]
  • Dzhabbarov I. Drevniy Khorezm — strana vysokoy kultury i unikalnoy dukhovnosti (Etno-istoricheskiye ocherki) Moskva : Institut etnologii i antropologii RAN, 2014.
  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
  • Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qoʻngʻirot sulolasi haqida, Qoʻngʻirot sulolasi nima? Qoʻngʻirot sulolasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan