Qorluq xoqonligi
Qorluq xoqonligi (uygʻurcha: Qarluq xaqanligi, xitoycha: nghunghui, Pinyin: Géluólù Yèhùguó) – qorluq zodagonlari tomonidan tashkil etilgan va qabila federatsiya sifatida faoliyat olib borgan oʻrta asrlar davlati. Ayni vaqtda qorluqlar Islomni qabul qilgan ilk turk qabilalaridan biridir. Devanu Lugʻatit turkda: „ قرلق Qorluq“ „Bu koʻchmanchi turklardan bir guruhining nomidir. Ular oʻgʻuzlardan ajralib turadi. Oʻgʻuzlar kabi turkmandirlar“ shaklida eslab oʻtilgan.

Tarixi
753-yilda Tung Bilga Yabgʻu Qorluqlarning hukmdori boʻldi. Ilgari „Kul-Erkin“ unvoniga ega boʻlgan „Uch qorluq“ qabila boshligʻiga „Yabgʻu“ unvoni berilar edi. Poytaxt sifatida Suyob shahri tanlangan.
756-yilda qorluqlar Onoklar avlodidan boʻlgan Turkesh xoqonligini magʻlubiyatga uchratib, Gʻarbiy Turkistonda davlat tuzgan. 766-yilda davlat poytaxi Balasagʻunga koʻchirilgan.
840-yilda boshqa bir qorluq urugʻi tomonidan asos solingan Qoraxoniylarga tobe boʻlgan. Qoraxoniylar hukmronligi ostida boʻlishlariga qaramay, ular asosan mustaqilligini saqlab qolgan. 893-yilda Sirdaryoning sharqiy tomoniga yurish uyushtirgan Ismoil Somoniy qarluqlarni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi va Talas shahrini egallaydi. 943-yilda oʻgʻuzlar va yagʻmolarga qarshi uzoq vaqt kurashib kelgan Qorluq xoqonligi Qoraxoniylaning hujumidan soʻng butunlay parchalanib ketgan.
Yana qarang
- Qarluq xonligi
- Qoraxoniylar davlati
- Gʻaznaviylar
Manbalar
- Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati’t-Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi. ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa 473.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Qorluq xoqonligi haqida, Qorluq xoqonligi nima? Qorluq xoqonligi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!