Kimaklar xoqonligi
| Turkiy xalqlar tarixi XIV asrga qadar |
|---|
| Turk xoqonligi 552-744 |
|
| Xazar xoqonligi 618-1048 |
| Sirtor 628-646 |
| Kangar birlashmasi 659-750 |
| Turk Shahi 665-850 |
| Turkash xoqonligi 699-766 |
| Kimaklar xoqonligi 743-1035 |
| Uygʻur hoqonligi 744-840 |
| Og'uz Yabg'u davlati 750-1055 |
| Qarluk Yabg'u davlati 756-940 |
| Qoraxoniylar davlati 840-1212 |
| Kansa Uyg'ur davlati 848-1036 |
| Qocho 856-1335 |
| Bijanak xoqonligi 860-1091 |
| Gʻaznaviylar imperiyasi 963-1186 |
| Saljuqiylar davlati 1037-1194 |
|
| Dashti qipchoq 1067-1239 |
| Xorazmshohlar imperiyasi 1077-1231 |
| Keraitlar 11th century-13th century |
| Dehli sultonligi 1206-1526 |
|
| Qarluqidlar 1224-1266 |
| Oltin Oʻrda 1240s-1502 |
| Mamluklar davlati 1250-1517 |
|
Kimaklar xoqonligi — Irtish daryosi boʻylarida va hozirgi Qozogʻistonning shim. — sharqiy mintaqalarida 9-asrning boshlarida vujudga kelgan yirik koʻchmanchi davlat. K.x.ga 7 qabila: imi, imak, tatar, baandur (boyondur), qipchoq, laniqazi, ajat kirgan. K.x. tarkibida keyinchalik turklashib ketgan moʻgʻul qabilalari ham boʻlgan. „Hudud ul-olam“ asari (Yu-a.)da koʻrsatilishicha, K.x. podshosi „xoqon“ (yamal paygʻu) deb atalib, u merosiy boʻlgan, uning yerlari 11 viloyatga boʻlingan. Viloyatni maxsus hokim (malik) idora etgan. K.x.dagi soliq toʻlovchilar lavozimi merosiy boʻlgan. 10-asr oʻrtalarida K.x. Jan. Ural togʻining jan.-gʻarbiy qismini, Emba va Ural daryo vodiylarini egʻallab, Kaspiy dengizi sohillariga chiqqan. 11-asr boshida kimaklarning gʻarbiy guruhi (qipchoqlar) Sirdaryoning quyi va oʻrta oqimlarini egʻallagan. 11-asr boshlarida ichki qaramaqarshiliklarning keskinlashishi, qipchoqlarning boshqa qabilalar ustidan hukmronlik qilishga intilishi tufayli K.x. yemirilib, uning hududidagi barcha qabilalar qipchoqlarga tobe boʻlgan.
Adabiyot
| ]- Kumekov B.Ye., Gosudarstvo kimakov IX—XI vv. po arabskim istochnikam, Alma-Ata, 1972.
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Turkiy davlatlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kimaklar xoqonligi haqida, Kimaklar xoqonligi nima? Kimaklar xoqonligi nimani anglatadi?

Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!