Marsel Idiatullin
Marsel Idiatullin (1977-yil 28-dekabrda tugʻilgan) – nafaqadagi Oʻzbekistonlik professional futbolchisi va Toshkentning „Lokomotiv“ akademiyasi murabbiyi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marsel Idiatullin | ||
Tavallud sanasi | 28-dekabr 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2001—2003 | Qizilqum | 59 | (47) |
2004—2009 | Lokomotiv | 128 | (42) |
2009 | Soʻgʻdiyona | 10 | (-) |
2010—2011 | Doʻrmon-Sport | - | |
Milliy terma jamoa | |||
2001—2005 | Oʻzbekiston | 7 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
Lokomotiv Akademiya murabbiyi | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Faoliyati
2002—2003 yillarda „Qizilqum“ safida toʻp surgan, 59 ta oʻyin oʻtkazib, 47 ta gol urgan. 2004—2009-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan (128 oʻyin va 42 gol). 2009-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida qisqa muddat (10 ta oʻyin) oʻynagan.
Qizilqum Zarafshon
2002—2003-yillarda Idiatullin „Qizilqum Zarafshon“ jamoasida oʻynagan. „Qizilqum“ 2002-yilgi mavsumni uchinchi oʻrinda yakunlagan va Idiatullin klub tarkibida 21 ta gol urgan. 2003-yilgi mavsumda 26 ta gol urib, Oʻzbekiston oliy ligasi toʻpurari boʻlgan.
Toshkentning „Lokomotiv“ klubi
Marsel 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 5 mavsum davomida oʻynagan. Bu davrda temiryoʻlchilar safida 42 ta gol urgan.
Marsel Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 101 ta gol (89 tasi Oʻzbekiston ligasida, 12 tasi Kubok bahslarida)muallifi boʻlgan.
Soʻgʻdiyona Jizzax
2009-yilning avgust oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini tark etib, „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan.
Doʻrmon-Sport
2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasining Doʻrmon-Sport jamoasida oʻynagan.
Yutuqlar
Klub
- Oʻzbekiston ligasi 3-oʻrin: 2002-yil
Individual
- Oʻzbekiston Ligasi eng yaxshi toʻpurari: 2003-yil
Manbalar
- „Idiatullin, Tojiev, Abduxoliqov... "Loko" safida yubiley gollarni kimlar urgan?“ (2020-yil 11-iyul).
- Lokomotiv Tashkent, History (Wayback Machine saytida 2012-01-26 sanasida arxivlangan) (ruscha)
- „Архив. 2008 йилда "Жар" стадионида ўтган "Локомотив" - "Бунёдкор" учрашуви, Марсель Идиатуллиндан гол“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- „"Lokomotiv" tarixidagi to'purarlarni bilasizmi yoxud Sanjar SHoahmedov 6-o'ringa ko'tarilib oldi“ (2015-yil 16-noyabr).
- Bombardiri: Kto razmenyaet sotnyu? (Archive.is saytida 2012-07-09 sanasida arxivlangan) (ruscha)
- „Sogdiana“: napadayuщiy iz „Lokomotiva“.[sayt ishlamaydi] pfl.uz, 17.08.2009. (ruscha)
- „Superligada kim "snayper" bo'ladi?“ (2021-yil 13-noyabr).
- „Oliy liganing barcha snayperlari“ (2015-yil 28-oktyabr).
Havolalar
- Marsel Idiatullin FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- Marsel Idiatullin Transfermarkt saytida
- Marsel Idiatullin (Wayback Machine saytida 2023-12-30 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Marsel Idiatullin haqida, Marsel Idiatullin nima? Marsel Idiatullin nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!