Marsel Idiatullin

Marsel Idiatullin (1977-yil 28-dekabrda tugʻilgan) – nafaqadagi Oʻzbekistonlik professional futbolchisi va Toshkentning „Lokomotiv“ akademiyasi murabbiyi.

Marsel Idiatullin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marsel Idiatullin
Tavallud sanasi 28-dekabr 1977-yil (1977-12-28) (47 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2003 Qizilqum 59 (47)
2004—2009 Lokomotiv 128 (42)
2009 Soʻgʻdiyona 10 (-)
2010—2011 Doʻrmon-Sport -
Milliy terma jamoa
2001—2005 Oʻzbekiston 7 (2)
Boshqargan klublari
Lokomotiv Akademiya murabbiyi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

2002—2003 yillarda „Qizilqum“ safida toʻp surgan, 59 ta oʻyin oʻtkazib, 47 ta gol urgan. 2004—2009-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ klubida oʻynagan (128 oʻyin va 42 gol). 2009-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasida qisqa muddat (10 ta oʻyin) oʻynagan.

Qizilqum Zarafshon

2002—2003-yillarda Idiatullin „Qizilqum Zarafshon“ jamoasida oʻynagan. „Qizilqum“ 2002-yilgi mavsumni uchinchi oʻrinda yakunlagan va Idiatullin klub tarkibida 21 ta gol urgan. 2003-yilgi mavsumda 26 ta gol urib, Oʻzbekiston oliy ligasi toʻpurari boʻlgan.

Toshkentning „Lokomotiv“ klubi

Marsel 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 5 mavsum davomida oʻynagan. Bu davrda temiryoʻlchilar safida 42 ta gol urgan.

Marsel Gennadiy Krasnitskiy nomidagi oʻzbek toʻpurarlari klubi aʼzosi boʻlib, 101 ta gol (89 tasi Oʻzbekiston ligasida, 12 tasi Kubok bahslarida)muallifi boʻlgan.

Soʻgʻdiyona Jizzax

2009-yilning avgust oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasini tark etib, „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan.

Doʻrmon-Sport

2010-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasining Doʻrmon-Sport jamoasida oʻynagan.

Yutuqlar

Klub

  • Oʻzbekiston ligasi 3-oʻrin: 2002-yil

Individual

  • Oʻzbekiston Ligasi eng yaxshi toʻpurari: 2003-yil

Manbalar

  1. „Idiatullin, Tojiev, Abduxoliqov... "Loko" safida yubiley gollarni kimlar urgan?“ (2020-yil 11-iyul).
  2. Lokomotiv Tashkent, History (Wayback Machine saytida 2012-01-26 sanasida arxivlangan) (ruscha)
  3. „Архив. 2008 йилда "Жар" стадионида ўтган "Локомотив" - "Бунёдкор" учрашуви, Марсель Идиатуллиндан гол“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  4. „"Lokomotiv" tarixidagi to'purarlarni bilasizmi yoxud Sanjar SHoahmedov 6-o'ringa ko'tarilib oldi“ (2015-yil 16-noyabr).
  5. Bombardiri: Kto razmenyaet sotnyu? (Archive.is saytida 2012-07-09 sanasida arxivlangan) (ruscha)
  6. „Sogdiana“: napadayuщiy iz „Lokomotiva“.[sayt ishlamaydi] pfl.uz, 17.08.2009. (ruscha)
  7. „Superligada kim "snayper" bo'ladi?“ (2021-yil 13-noyabr).
  8. „Oliy liganing barcha snayperlari“ (2015-yil 28-oktyabr).

Havolalar

  • Marsel Idiatullin FootballFacts.ru saytida (ruscha)
  • Marsel Idiatullin Transfermarkt saytida
  • Marsel Idiatullin (Wayback Machine saytida 2023-12-30 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Marsel Idiatullin haqida, Marsel Idiatullin nima? Marsel Idiatullin nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan