Ochilboy Ramatov
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich (oʻzbekcha: Раматов Ачилбай Джуманиязович; 21.08.1962, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik muhandis va davlat arbobi. 2016-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, 2019—2020-yillarda Transport vaziri, 2002—2019-yillarda „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ davlat kompaniyasining boshqaruv raisi, 2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senatining aʼzosi, 2012-yildan hozirgacha Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti. 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti boʻlgan.
Ramatov Ochilboy Jumaniyozovich | |
---|---|
Раматов Ачилбай Жуманиязович | |
![]() 2019 | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2019-yil 1-fevraldan – 2020-yil 22-yanvargacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2018-yil 23-yanvardan – 2019-yil 15-iyulgacha | |
Oʻtmishdoshi | Umid Ahmadjonov |
Vorisi | Abdusalom Azizov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2016-yil 20-dekabr | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Rustam Azimov |
Vorisi | hozirgacha |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2012-yil – hozirgacha | |
Oʻtmishdoshi | Gʻofur Rahimov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2002-yildan – 2019-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Normat Ermetov |
Vorisi | Husniddin Hosilov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 20-avgust 1962-yil Shovot tumani, Xorazm viloyati, OʻzSSR |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Biografiyasi
1962-yil 21-avgustda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
Taʼlim
1984-yildan 1988-yilgacha Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati
1980-yildan 1984-yilgacha Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimidan mehnat faoliyatini boshlagan. 1988-yildan 1995-yilgacha Toshkent teplovozlarni taʼmirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshligʻi oʻrinbosari va vagon taʼmirlash sexi boshligʻi, 1995-yildan 2001-yilgacha „Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir“ davlat unitar korxonasi bosh direktori, 2001-yildan 2002-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning bosh bosh muhandisi sifatida ishlagan.
2002-yildan 2019-yilgacha „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ning boshqaruv raisi.
1999—2004-yillarda Oliy Majlis deputati.
2012-yildan buyon — Oʻzbekiston boks federatsiyasi prezidenti.
2016-yildan buyon — Oʻzbekiston Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — kommunal soha, qurilish, transport majmuasi rahbari vazifalarida ishlab kelmoqda.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, 2018—2019-yillarda esa assotsiatsiya prezidenti boʻlgan.
2015—2020-yillarda Oliy Majlis Senati aʼzosi boʻlgan.
2019—2020-yillarda Oʻzbekiston transport vaziri vazifasini ham bajargan.
Mukofotlari
2000-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ davlat unvoni bilan taqdirlandi.
2007-yil avgust oyida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlandi.
2011-yil avgust oyida El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirlandi.
2013-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi.
2013-yilda Latviya davlati tomonidan Eʼtirof xochi ordeni bilan taqdirlandi.
2015-yilda Rossiya Federatsiyasining "Doʻstlik" ordeni bilan taqdirlandi.
2022-yil 21-avgustda 60 yillik yubileyi munosabati bilan Mehnat shuhrati ordeni berilgan.
Manbalar
- „Очилбой Раматов «Ўзбекистон темир йўллари» раислигидан кетди. Унинг ўрнига янги раҳбар тайинланди“. kun.uz. 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
- BOSHQARUV, 2017-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-04-11
- „7 жойдан маош оладиган Раматов навбатдаги лавозимида текинга ишлайди“. kun.uz. 2018-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
- „Oʻzbekiston Qahramoni Achilbay Ramatov 59 yoshda!“ (2021-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.
- „ВИДЕО. "Локомотив" Ачилбай Раматовни табриклайди“. championat.asia.
- „Очилбой Раматов лавозимини сақлаб қолди ва унга янги вазирлик раҳбарлиги топширилди“. kun.uz.[sayt ishlamaydi]
- Par Atzinības krusta piešķiršanu un apbalvošanu ar goda zīmi
- „Указ Президента Российской Федерации от 15.11.2012 № 1546 ∙ Официальное опубликование правовых актов ∙ Официальный интернет-портал правовой информации“. publication.pravo.gov.ru.
- Ochilboy Ramatov „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlandi
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ochilboy Ramatov haqida, Ochilboy Ramatov nima? Ochilboy Ramatov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!