Umid Ahmadjonov
Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov (oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов; 16-may, 1977-yil, Toshkent) — Oʻzbekiston davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston futbol federatsiyalarining sobiq prezidenti.
Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov | |
---|---|
oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов | |
Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti | |
Mansab davri 2018-yil 28-yanvardan – 2019-yil 24-aprelgacha | |
Oʻtmishdoshi | Mirabror Usmonov |
Vorisi | Rustam Emomali |
![]() | |
Mansab davri 2018-yil 10-yanvardan – 2019-yil 24-maygacha | |
Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov |
Vorisi | Rustam Shoabdurahmonov |
![]() | |
Mansab davri 2017-yil 12-sentyabrdan – 2018-yil 10-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Mirabror Usmonov |
Vorisi | Ochilboy Ramatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 16-may 1977-yil Toshkent |
Mukofotlari | ![]() |
Hayoti
1977-yilning 16-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini imtiyoz bilan tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining deputati. Mehnat faoliyatini 1995-yil „Zenit“ firmasida oddiy ishchi sifatida boshlagan. 1995—2001-yillar davomida „Ilmu Ziyod“ xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida operator boʻlib ishladi. 1998—2002-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi boʻlgan. 2001—2002-yillarda „Olimpiya“ jamiyatida avtosanoat boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib bordi. 2002-yil Oʻzbekiston nogironlar sport federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007-yilga kelib, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi va bir vaqtning oʻzida tashkilot raisining oʻrinbosari boʻldi. 2007-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. Bir vaqtning oʻzida "Paxtakor" klubida avvaliga bosh direktor, keyinroq vitse-prezident sifatida ham faoliyat olib bordi. 2017-yilning 12-sentyabridan 2018-yil 10-yanvargacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti. 2018-yil 10-yanvardan 2019-yil 25-maygacha – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti. 2018-yil 28-yanvardan 2019-yil 24-aprelgacha Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti. 2019—2020-yillarda – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti boʻlgan. 2011-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
- „OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov 40 yoshda. U bungacha qanday sohalarda faoliyat olib borgan?“. 27-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
- Biografiyasi, 28-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 26-aprel 2018-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - „НОК возглавил Умид Ахмаджонов“.
- „Федерацию футбола возглавил Умид Ахмаджонов“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Umid Ahmadjonov haqida, Umid Ahmadjonov nima? Umid Ahmadjonov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!