Muhtarama Nosirova

Vikipediyada ismi Muhtarama va familiyasi Nosirova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Muhtarama Nosirova (1925.1.7, Qarshi) – Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1941-yildan Mulla Toʻychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrining aktrisasi. „Gʻunchalar“ (3. Fatxullin) spektaklidagi Nigor N.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. N. sahnaviy joziba, mayin va taʼsirli ovozga ega boʻlgani sababli musiqali dramalarda ham katta muvaffaqiyat qozondi: Layli (Xurshid; T. Sodikrv, N. Mironov, „Layli va Majnun“), Shirin (Xurshid; G. Mushel, V. Uspenskiy, „Farhod va Shirin“), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, „Tohir va Zuxra“) va boshqa Ayni chogda dramalarda Jamila, Xolisxon (Hamza, „Boy ila xizmatchi“, „Xolisxon“), Guli (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Hur ona (A. Oripov, „Jannatga yoʻl“), Qurbongul (Fitrat, „Abul-fayzxon“), Mushtipar ona (M. Xalil, „Sehrli uzuk“), Aziza (A. Shalomayev, „Oqibat“), Ona (Sh. Pardayev, „Soʻnggi qurbon“) kabi rollarni ijro etdi. „Qadimda boʻlgan ekan“ (1995) fil-mida Momo rolini oʻynadi. „Shuxrat“ medali bilan takdirlangan (2001).

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muhtarama Nosirova haqida, Muhtarama Nosirova nima? Muhtarama Nosirova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan