Britaniya Kolumbiyasi
Britaniya kolumbiyasi — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Maydoni - 947,8 ming km². Aholisi - 3,0 mln. kishidan ziyod (1990- yillar oʻrtalari). Ma’muriy markazi — Viktoriya shahri. B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va boshqa orollar ham kiradi. Relyefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilyera togʻi tizmalari va boshqalar). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, yillik yogʻin 240 mm, vodiylarda 300–400 mm. Asosiy daryolari — Freyzer, Kolumbiya. Ygna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (rux, qoʻrgʻoshin, molibden, mis va boshqalar), taxta tilish, sellyuloza-qogʻoz. Rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Togʻ daryolariga GES qurilgan. Britaniya Kolumbiyasida sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Muhim sanoat markazlari — Vankuver va Viktoriya shahri
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Britaniya Kolumbiyasi haqida, Britaniya Kolumbiyasi nima? Britaniya Kolumbiyasi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!