Otabek Muhammadzohid
- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Mamazoitov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Muhammadzohid (asl ismi: Otabek Mamazoitov; 23-yanvar 1974-yil, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, shoir. 2021-yilda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyat bo‘limi rahbari.
Otabek Muhammadzohid Otabek Mamazoitov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 22-yanvar 1974-yil |
Janrlar | Maqom, ashula, pop |
Kasbi | Xonanda, sozanda, bastakor, shoir |
Faoliyat yillari | 1995-yildan – hozirgacha |
Fuqaroligi | ![]() ![]() |
Hayoti
Otabek Mamazoitov 1974-yilning 24-martida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doira, akkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. 1992-yilda Turkiyada tahsil olish uchun talabalar orasidan tanlab olinadi. Birinchi yili Turkiyaning Qayseri shahrida 1 yil davomida turk tilini oʻrganadi. Keyingi yil Qayseridagi oliy oʻquv yurtlarida musiqa fakulteti boʻlmaganligi uchun Konya shahridagi „Saljuq“ universitetiga borib, tahsilini davom ettiradi. U yerda fortepiano va ud cholgʻusini oʻrganadi. 2 yillik oʻqishdan keyin taʼtilga uyga qaytadi va oilada yolgʻiz oʻgʻil hamda boquvchi boʻlganligi uchun oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettiradi.
1995-yilda „Meni unutma“ qoʻshigʻi orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Keyin esa „Besh kunlik dunyo“, „Malla soch“ qoʻshiqlari bilan tanilishni boshlagan. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan.
Oilasi
Otabek Mamazoitov ziyolilar oilasida tugʻilgan boʻlib, otasining ismi Mamadali Mamazoitov. Ularning oilasida 2 farzand boʻlib, uning singlisi xonanada Gulsanam Mamazoitova. Uning 3 qizi va bir o‘g‘li bor.
Konsert dasturlari
- 2008-yil ilk yakkaxon konsert dasturi;
- 2014-yil 15–16-iyun "Istiqlol" san’at saroyida jonli konsert dasturi;
- 2023-yil "Yangi yil" nomli konsert dasturi.
Diskografiyasi
Nomi | Shoir | Bastakor | Yil |
---|---|---|---|
Ikki muhabbat | Karim Tursun | Otabek Muhammadzohid | |
Nahot | Otabek Muhammadzohid | ||
Koʻz tegmasin | Otabek Muhammadzohid | ||
Muhabbat uvol | Otabek Muhammadzohid | Otabek Muhammadzohid | |
Bir dilbara | Mahtumquli | 2018 | |
Sensiz | 2018 | ||
Sevgilimni yigʻlatma hijron | Xushnud Darvesh | 2016-yil | |
Mayli telba denglar | Otabek Muhammadzohid | 2013 | |
Sen kulganda | |||
Sohibjamol | |||
Mast qilib qoʻyding | |||
Zaminim | 2008 | ||
Malla soch | 1998 | ||
Besh kunlik dunyo | 1997 | ||
Meni unutma | Otabek Muhammadzohid | Otabek Muhammadzohid | 1995 |
Manbalar
- „Xonanda Otabek Muhammadzohid lavozimga tayinlandi“. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
-
Otabek Muhammadzohid uyi, “kley voqeasi”, Nazarbekovga qo‘l “uzatmagani” — Yolg‘iz sinchalak qismati
- „Xonanda Otabek Muhammadzohid Turkiyadagi “Turkcha nigoh” xalqaro festivalida ishtirok etadi“ (2014-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.
- „Otabek Muhammadzohid Gulsanam Mamazoitovaning davlat tadbirlarining yakuniy qo‘shiqlarni kuylamayotganiga izoh berdi“. Qaraldi: 13-noyabr 2023-yil.
- „Iyun oyida Otabek Muhammadzohid jonli ijroda konsert beradi“ (2014-yil 29-may). Qaraldi: 2024-yil 8-yanvar.
- Otabek Muhammadzohid (2017-09-21), Otabek Muhammadzohid - "Jonli ijro" nomli konsert dasturi 2014, qaraldi: 2024-06-27
- Otabek Muhammadzohid (2019-01-17), Otabek Muhammadzohid - Muhabbat uvol | Отабек Мухаммадзохид - Мухаббат увол (jonli ijro), qaraldi: 2024-06-28
- Otabek Muhammadzohid (2018-01-23), Otabek Muhammadzohid - Bir dilbara (Official Music), qaraldi: 2024-06-28
- Otabek Muhammadzohid (2018-01-05), Otabek Muhammadzohid - Sensiz (Official Music), qaraldi: 2024-06-28
- Darakchi.uz. „Отабек Муҳаммадзоҳиддан янги клип (Видео)“ (15-iyun 2016-yil). Qaraldi: 20-iyun 2024-yil.
- Otabek Muhammadzohid (2020-09-01), Otabek Muhammadzohid - Zaminim (2008), qaraldi: 2024-06-28
![]() | Musiqachi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Otabek Muhammadzohid haqida, Otabek Muhammadzohid nima? Otabek Muhammadzohid nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!