Tursinxon Xudayberganov
Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov (qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов, 1951-yil 20-may, Toshkent viloyati) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001—2006-yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010—2016 va 2018—2022-yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri (2022-yildan 2023-yilgacha), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005—2010-yillarda va 2020-yildan).
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich | |
---|---|
qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов | |
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 1-martdan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2018-yil 23-apreldan – 2022-yil 1-martgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Rustam Joʻrayev |
Vorisi | Abdulla Qoʻldoshev |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2010-yil 23-martdan – 2016-yil 26-dekabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Qosimali Ahmedov |
Vorisi | Rustam Joʻrayev |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2016-yil 26-dekabrdan – 2023-yil 20-avgustgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Doniyor Qodirov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2001-yildan – 2006-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Umar Ismoilov |
Vorisi | Ahmadjon Saidaliyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 20-may 1951-yil Toshkent viloyati Chinoz tumani |
Mukofotlari | ![]() ![]() ![]() |
Xizmat yillari | 1974-yildan |
Unvoni | General-leytenant |
Biografiyasi
Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Millati – qozoq.
Taʼlim
1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
Mehnat faoliyati
1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari.
1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi.
1982—1987-yillarda Boʻka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi.
1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi.
2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2016-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-avgustgacha Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.
2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan.
2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri.
2023-yil 20-avgustda Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Mukofotlari
1997-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan
2020-yilda Qozogʻistonning 2-darajali „Doʻstiq“ ordeni berilgan.
2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan mukofotlangan
Oilasi
Oʻgʻli Xudayberganov Artik Tursinxanovich, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
Manbalar
- Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi
- Senat aʼzolari tayinlandi
- Tursinxon Xudayberganov boshqa lavozimga oʻtmoqda
- „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг олти йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
- „Государственные награды вручили туркестанцам“.
- „Tursinxon Xudoyberganovga faxriy unvon berildi“ (2021-yil 21-may). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
- „Tursinxon Xudoyberganovning o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimga tayinlandi“.
- „Қовурғаси синдирилиб, бўйин қисмидан бўғиб қийноққа солинган – Бўкадаги ишнинг янги тафсилотлари“.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tursinxon Xudayberganov haqida, Tursinxon Xudayberganov nima? Tursinxon Xudayberganov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!