Abulqosim Lohutiy

Abulqosim Lohutiy (1887-yil 12-oktyabr, Kirmonshoh, Gʻarbiy Eron – 1957-yil 16-mart, Moskva) – fors-tojik shoiri, yangi tojik sheʼriyatining asoschilaridan biri. 1905—11 yillardagi Eron inqilobining ishtirokchisi. „Bisotun“ gazetasi (1916, Kirmonshoh shahri), „Fors“ jurnali (1921, Istanbul shahri)ni nashr ettirgan. 1922 – yil ikkinchi Tabriz qoʻzgʻoloniga („Lohutiyxon qoʻzgʻoloni“) rahbarlik qilgan. Bu qoʻzgʻolon bostirilgach, Erondan chiqib ketishga majbur boʻladi. Avval Moskvada, soʻng Dushanbe shahrida yashay boshlaydi. „Uch qatra“ (1932), „Farangiston safari“ (1934) dostonlari, „Shevchenko vasiyatnomasiga javob“ (1934), „Oqin Jambulga“ (1937) va boshqa sheʼrlari xalqlar doʻstligi mavzusida. Ikkinchi jahon urushi yillari yozilgan sheʼr va dostonlari fashizm ustidan gʻalabaga ishonch ruhi bilan sugʻorilgan. „Temirchi Kova“ (1939) librettosi tojik adabiyotida bu janrda yozilgan ilk asardir. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan asarlarida tinchlik tarannum etilgan („Tinchliksevarlar qoʻshigʻi“, „Miting“ va boshqalar). „Eron naʼrasi“ (1950), „Koreya xalqiga“ (1952) sheʼrlarida esa Sharq xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashga daʼvat etiladi. A. S. Pushkin, A. S. Griboyedov, V. V. Mayakovskiy, U. Shekspir, Karpo Vega va boshqa yozuvchilarning asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Lohutiy bir necha yil Toshkentda yashadi. Oʻzbekistonga bagʻishlangan bir turkum sheʼrlar yaratdi („Oʻrta Osiyo“, 1934; „Oʻzbekiston“, 1939; „Oʻzbek onasining topshirigʻi“, „Doʻst keldi“, 1941 va boshqalar). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan (Devon, 8 • 1 1958; „Tanlangan asarlar“, 1968).

Abulqosim Lohutiy
image
Asl ismi forscha: ابوالقاسم لاهوتی
Tavalludi 12-oktyabr 1887-yil
Kirmonshoh, Eron
Vafoti 16-mart 1957-yil(1957-03-16)
(69 yoshda)
Moskva, SSSR
Kasbi 1907 – 1957
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi image SSSR
Mukofotlari Tojikiston Qahramoni
Lenin ordeni

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abulqosim Lohutiy haqida, Abulqosim Lohutiy nima? Abulqosim Lohutiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan