Dejan Kulusevski

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dejan Kulusevski
image
Kulusevski 2022-yilda Shvetsiya terma jamoasida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dejan Kulusevski
Tavallud sanasi 25-aprel 2000-yil (2000-04-25) (25 yosh)
Tavallud joyi Stokgolm, Shvetsiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tottenham Hotspur
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2016 IF Brommapojkarna
2016—2019 Atalanta
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2020 Atalanta 3 (0)
2019—2020   Parma 17 (4)
2020—2023 Juventus 55 (5)
2020   Parma 19 (6)
2022—2023   Tottenham Hotspur 48 (7)
2023— Tottenham Hotspur 68 (15)
Milliy terma jamoa
2015-2016 Makedoniya U17 5 (6)
2015-2017 Shvetsiya U17 19 (6)
2017-2018 Shvetsiya U19 13 (2)
2019 Shvetsiya U21 5 (2)
2019- Shvetsiya 25 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Dejan Kulusevski (2000-yil 25-aprelda tugʻilgan) – shvetsiyalik professional futbolchi, Serie A ligasining „Yuventus“ klubidan Premyer-liga klubi „Tottenham“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan. Shvetsiya terma jamoasi va „Tottenham“ jamoasida qanot yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

| ]

Kulusevski Stokgolmda tugʻilgan va olti yoshida IF Brommapojkarna yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan.

Atalanta

| ]

U 2016-yil 7-iyulda Brommapojkarnadan Atalanta yoshlar jamoasiga qoʻshiladi. U 2019-yilning 20-yanvarida A Seriyadagi debyutini „Frozinone“ga qarshi safarda oʻtkazdi. U 2018-2019-yilgi mavsum davomida klub safida jami uchta oʻyinda maydonga tushdi.

Parma (ijara, 2019-2020-yil)

| ]

2019-yilning 18-iyulida Kulusevski A Seriyaning „Parma“ klubiga 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga berildi. U A Seriyadagi ilk golini 30-sentyabr kuni „Torino“ga qarshi oʻyinda (3:2) urgan edi.

Juventus

| ]

A Seriyaning 2019-2020-yilgi mavsumining birinchi qismida „Parma“da ijarada boʻlganida, u ligada 17 ta oʻyinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kulusevski A Seriyadagi boshqa bir klub „Yuventus“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma asosida 35 million yevro evaziga qoʻshildi, bu shartnomadagi boshqa oʻzgarishlarga qarab 44 million yevrogacha koʻtarilishi mumkin.

Kulusevski mavsumning qolgan qismida Parmaga ijaraga qaytarildi. U mavsumni 10 ta gol va 9 ta golli uzatma bilan yakunladi va mavsumda A Seriyaning „Eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topildi.

Kulusevski 2020-yil 20-sentyabrda „Yuventus“dagi debyutining „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinida (3:0) gol urgan. 2021-yilning 19-mayida u 2021-yilgi Italiya kubogi finalida „Atalanta“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, Federico Chiesaning gʻalaba goliga assistentlik qildi. Keyingi mavsumda Kulusevski Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda 20-oktyabr kuni 86-daqiqada boshi bilan gol urdi. Massimiliano Allegri Kulusevskini maydonga tushirishni kamaytirdi, 20ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.

Tottenham (ijara)

| ]
image
Kulusevski 2022-yilda „Tottenham“ safida

2022-yilning 31-yanvarida Kulusevski Premyer-liga vakili „Tottenham“ga 18 oyga ijaraga berildi. Shartnoma 10 million yevroga teng edi va sotib olish huquqini oʻz ichiga olgan boʻlib, u 35 million yevro miqdorida edi. U oʻzining „shporlar“ safidagi ilk uchrashuvini 5-fevral kuni Angliya kubogi doirasida „Brighton & Hove Albion“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Terma jamoadagi faoliyat

| ]

Kulusevski barcha yoshdagi Shvetsiya yoshlar terma jamoalarida hamda Makedoniyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynagan. U Shvetsiya terma jamoasiga ilk bor 2019-yilning noyabr oyida Ruminiya va Farer orollariga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlarida jalb etilgan edi.

Yutuqlari

| ]

Yuventus

  • Italiya kubogi: 2020-21
  • Italiya Superkubogi: 2020

Shaxsiy sovrinlar

  • A Seriyaning „Eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019-20

Manbalar

| ]
  1. „Updated squad lists for 2021/22 Premier League“. Premier League (2022-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  2. „Primavera: alla scoperta di... Dejan Kulusevski“ (it). atalanta.it (2017-yil 11-oktyabr). 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Från BP till Juventus – Kulusevskis resa“ (sv). Sydsvenskan. Qaraldi: 2020-yil 9-sentyabr.
  4. „Frosinone 0–5 Atalanta“. ESPN FC (2019-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  5. „Who is new Juventus signing Dejan Kulusevski?“. UEFA.com (2020-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  6. Romano, Fabrizio. „Juventus agree deal to sign 19-year-old midfielder Dejan Kulusevski for £30m“. The Guardian (2019-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  7. „UFFICIALE: Parma, presi Cornelius e Kulusevski dall'Atalanta“. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  8. „Ny succé för Dejan Kulusevski – första målet i Serie A“ (sv). Aftonbladet. Qaraldi: 2019-yil 1-oktyabr.
  9. „Officiellt: Dejan Kulusevski klar för Juventus“ (sv). Aftonbladet. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  10. „Officiellt: Dejan Kulusevski klar för Juventus“ (sv). Aftonbladet. Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  11. „Dejan Kulusevski alla Juventus“ (it). Atalanta (2020-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
  12. „Dejan Kulusevski è un giocatore della Juventus!“ (it). Juventus.com (2020-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  13. „The MVPs of the 2019/2020 Serie A Season“. Serie A (2020-yil 4-avgust). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  14. „Juve-Sampdoria: gol di Kulusevski al primo tiro in porta all'esordio“ (it-IT). La Gazzetta dello Sport. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  15. „Coppa: Juventus end Atalanta dream“. Football Italia (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  16. Sport, Sky „Zenit-Juventus LIVE“ (it). sport.sky.it. Qaraldi: 2022-yil 27-fevral.
  17. „Grazie Dejan e buona fortuna! - Juventus“ (it). Juventus.com (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  18. Speck, Ivan. „Space invader Dejan Kulusevski ups the ante at Tottenham with a sureness of touch“. The Daily Telegraph. 2022-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  19. „Alla scoperta di Dejan Kulusevski, il "predestinato" dell'Atalanta che verrà | Football Scouting“ (it-IT). Football Scouting | Campionato Primavera | Calcio Giovanile (2018-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  20. „Kulusevski trascina l'Atalanta: soffiato all'Arsenal, studia da nuovo-Cristante“ (it). Calciomercato.com | Tutte le news sul calcio in tempo reale. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  21. „UFFICIALE: Atalanta, tesserata la stellina Kulusevski - TUTTOmercatoWEB.com“ (it). www.tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  22. „Dejan Kulusevski uttagen i landslaget efter jättesuccén“ (sv). www.expressen.se. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
  23. „The MVPs of the 2019/2020 Serie A Season“. Serie A (2020-yil 4-avgust). 2021-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.

Havolalar

| ]
  • Dejan Kulusevski Tottenham Hotspur F.C. saytida
  • Dejan Kulusevski Premyer-liga saytida
  • Dejan Kulusevski – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
  • Dejan Kulusevski – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan) 

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dejan Kulusevski haqida, Dejan Kulusevski nima? Dejan Kulusevski nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan