Salim Mustafoyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Salim Mustafoyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Salim Mustafoyev
Tavallud sanasi 7-mart 1991-yil (1991-03-07) (34 yosh)
Tavallud joyi Samarqand,
Oʻzbekiston SSR, USSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 72 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo
Raqami 17
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Dinamo 67 (1)
2013—2018 Lokomotiv 112 (3)
2018—2022 Qizilqum 105 (2)
2023— Dinamo 41 (1)
Milliy terma jamoa
2012—2013 Oʻzbekiston U23 4 (0)
2011—2014 Oʻzbekiston 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Salim Mustafoev (1991-yil 7-mart, Samarqandda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, Samarqandning „Dinamo“ klubida himoyachi ampulasida oʻynaydi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

| ]

Klub

| ]

Salim Mustafoyev Samarqandning „Dinamo“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Aynan shu klubda u 2009-yilda professional faoliyatini boshlagan. Mustafoyev „Dinamo“ tarkibida 2012-yilgacha toʻp surgan va shu vaqt ichida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. 2013-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2018-yilgacha oʻynagan. Bu davrda Salim temiryoʻlchilar jamoasi tarkibida 2 marta Oʻzbekiston chempioni, 3 marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va 1 marta Oʻzbekiston Superkubogida gʻolib boʻlgan.

2018-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Navoining „Qizilqum“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Navoiy klubi tarkibida 4,5 yil davomida oʻynagan va bu davrda 105 ta oʻyinda ishtirok etib 2 ta gol muallifi boʻlgan. 2023-yil Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoada

| ]

Salim Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. U 2011-yilning 28-iyul kuni Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyut uchrashuvini Qirgʻizistonga qarshi oʻtkazgan.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2014, 2017
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2014, 2016, 2017
  • Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2015-yil

Havolalar

| ]
  • Salim Mustafoyev Footballfactsru saytida
  • Salim Mustafoyev Soccerway saytida
  • Salim Mustafoyev Transfermarkt saytida
  • Salim Mustafoyev National-Football-Teams.com saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Salim Mustafoyev haqida, Salim Mustafoyev nima? Salim Mustafoyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan