Manuel Pellegrini
![]() Pellegrini 2022-yil Real Betis murabbiyligida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Manuel Luis Pellegrini Ripamonti | ||
| Tavallud sanasi | 16-sentyabr 1953-yil | ||
| Tavallud joyi | Santiago, Chile | ||
| Boʻyi | 1.84 m | ||
| Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Betis (head coach) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Audax Italiano | |||
| Universidad de Chile | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1979–1986 | Universidad de Chile | 315 | (7) |
| Total | 315 | (7) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1986 | Chili | 1 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 1988–1989 | Universidad de Chile | ||
| 1990–1991 | Palestino | ||
| 1992–1993 | OʻHiggins | ||
| 1994–1996 | Universidad Católica | ||
| 1998 | Palestino | ||
| 1999–2000 | LDU Quito | ||
| 2001–2002 | San Lorenzo | ||
| 2002–2003 | River Plate | ||
| 2004–2009 | Villarreal | ||
| 2009–2010 | Real Madrid | ||
| 2010–2013 | Málaga | ||
| 2013–2016 | Manchester City | ||
| 2016–2018 | Hebei China Fortune | ||
| 2018–2019 | West Ham United | ||
| 2020– | Real Betis | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Manuel Luis Pellegrini Ripamonti (ispancha: Manuel Luis Pellegrini Ripamonti; 1953-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) – chililik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Futbolchilik faoliyati davomida markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2020-yildan buyon „Real Betis“ jamoasining bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda. U murabbiy sifatida Ispaniya, Angliya, Argentina, Chili, Xitoy va Ekvador futbol klublarini boshqargan. Pellegrini toʻrtta mamlakatning milliy chempionatlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Pellegrini 2004-yilda Ispaniyaning „Villarreal“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanish uchun Yevropaga yoʻl oldi. Uning rahbarligida „Vilyarreal“ 2004-05-yillarda La Ligada uchinchi oʻrinni, 2005-06-yillarda Chempionlar Ligasi yarim finaligacha yetib borish natijasini qayd etgan. 2007-08-yilgi mavsumda esa La Ligada ikkinchi oʻrinni egallab, anʼanaviy ikki yetakchi jamoa hukmronligini yorib oʻtishga muvaffaq boʻlgan. 2008-yilga kelib, u Ispaniya chempionatidagi gʻalabalar foizi boʻyicha Vanderlei Luxemburgodan keyingi oʻrinda turgan Janubiy Amerikalik murabbiy edi.
Pellegrinining „Villarreal“ klubidagi izchil yutuqlari „Real Madrid“ jamoasi rahbarlarining eʼtiborini tortgan va u 2009-yilda ushbu jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan. Pellegrini Madridda bir mavsum davomida faoliyat olib borgan va La Ligadagi mavsumida 96 ochko toʻpladi, bu 2011-12-yilgi mavsumda José Mourinho tomonidan yangilanguncha klub rekordi boʻlib turgan. Mavsum yakunida chempionlikni „Barcelona“ga uch ochko farq bilan boy bergan. U bir mavsumdan soʻng lavozimidan chetlashtirilgan va keyinchalik „Real“da qoʻllanilgan Galácticos siyosatidan afsus chekkan, chunki bu siyosat unga muvozanatli jamoa shakllantirishga imkon bermagan.
Pellegrini 2010-yil noyabrida „Malaga“ jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan. U oʻzining birinchi toʻliq mavsumida jamoani toʻrtinchi oʻringa olib chiqqan va UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olishga erishgan. 2012-13-yilgi Chempionlar Ligasida chorak finalga chiqib, musobaqadagi debyut mavsumida ikki jamoani chorak finalga olib chiqqan yagona murabbiy boʻldi. 2013-yil 22-mayda Pellegrini 2012-13-yilgi La Liga mavsumi yakunida „Malaga“ni tark etishini maʼlum qilgan. 2013-yil 14-iyunda u „Manchester City“ jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan va birinchi mavsumidayoq Angliya Liga kubogi hamda Premyer-liga gʻolibligini qoʻlga kiritgan. Shu tariqa, u Yevropa tashqarisidan kelib Angliya Premyer-ligasida chempionlikka erishgan birinchi murabbiy boʻlgan.
Pellegrini, shuningdek, 2015-16-yilgi mavsumda „Manchester City“ jamoasini Chempionlar ligasida birinchi marta yarim finalga olib chiqishga erishgan. Bu uning soʻnggi mavsumi boʻlib, uning jamoasi 66 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan edi. U 2016-yildan 2018-yilgacha Xitoyning „Hebei China Fortune“ klubini boshqardi va may oyida bu lavozimni tark etgan. 2018-yilning may oyida „West Ham United“ bosh murabbiyi etib tayinlangan Pellegrini, 18 oy davomida jamoani boshqargan, ammo 2019-yil dekabr oyida natijalar yomonlashgani sababli ishdan boʻshatilgan. 2020-yilning 9-iyulida Ispaniyaning „Real Betis“ klubi uni 2020-21-yilgi mavsumda jamoani boshqarishi haqida eʼlon qilgan.
Boshqaruv uslubi
| ]Pellegrini butun faoliyati davomida oʻzining hujumkor boshqaruv uslubi, vazmin feʼl-atvori va insonlarni boshqarishdagi mahorati uchun keng miqyosda maqtovga sazovor boʻlgan. „Manchester City“ning darvoza oldidagi shafqatsizligi – murakkab pas uzatishlar va standart holatlardan foydalanish kabi turli usullarda namoyon boʻlganidan, „The Daily Telegraph“ gazetasi „City“ning oʻyin uslubini „goʻzal geometriya orqali oʻlimga mahkum etish“ga qiyoslagan.
Shaxsiy hayoti
| ]Uning oʻgʻli Manuel Pellegrini Pucci travmatolog boʻlib, 2022-yildan beri Audax Italiano jamoasining tibbiyot xodimi sifatida faoliyat yuritmoqda. 2022-yil 26-sentyabr holatiga koʻra, u soliqdan qochganligi uchun HMRC tomonidan tergov ostiga olingan. HMRC tomonidan talab qilinayotgan summa £816 579,80 funt sterlingni tashkil etadi.
Murabbiylik statistikasi
| ]- 2025-yil 28-may oid statistika
| Jamoa | Dan | Gacha | Natijalar | Man. | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻ | Gʻ | D | M | Gʻal% | ||||
| Universidad de Chile | 1988-yil 1-yanvar | 1989-yil 31-yanvar | 38 | 11 | 13 | 14 | 28,95 | |
| Palestino | 1990-yil 1-yanvar | 1991-yil 31-dekabr | 90 | 31 | 31 | 28 | 34,44 | |
| OʻHiggins | 1992-yil 1-yanvar | 1993-yil 31-dekabr | 76 | 30 | 22 | 24 | 39,47 | |
| Universidad Católica | 1994-yil 1-yanvar | 1996-yil 30-iyun | 124 | 72 | 29 | 23 | 58,06 | |
| Palestino | 1998-yil 1-yanvar | 1998-yil 31-dekabr | 21 | 4 | 7 | 10 | 19,05 | |
| L.D.U. Quito | 1999-yil 1-yanvar | 2000-yil 30-iyun | 76 | 35 | 16 | 25 | 46,05 | |
| San Lorenzo | 2001-yil 15-fevral | 2002-yil 30-iyun | 78 | 38 | 20 | 20 | 48,72 | |
| River Plate | 2002-yil 1-iyul | 2003-yil 31-dekabr | 77 | 42 | 14 | 21 | 54,55 | |
| Villarreal | 2004-yil 1-iyul | 2009-yil 1-iyun | 259 | 123 | 72 | 64 | 47,49 | |
| Real Madrid | 2009-yil 1-iyun | 2010-yil 26-may | 48 | 36 | 5 | 7 | 75,00 | |
| Málaga | 2010-yil 5-noyabr | 2013-yil 14-iyun | 129 | 53 | 30 | 46 | 41,09 | |
| Manchester City | 2013-yil 14-iyun | 2016-yil 30-iyun | 167 | 100 | 28 | 39 | 59,88 | |
| Hebei China Fortune | 2016-yil 27-avgust | 2018-yil 19-may | 52 | 21 | 12 | 19 | 40,38 | |
| West Ham United | 2018-yil 22-may | 2019-yil 28-dekabr | 64 | 24 | 11 | 29 | 37,50 | |
| Real Betis | 2020-yil 9-iyul | Hozirgacha | 256 | 120 | 68 | 68 | 46,88 | |
| Jami | 1 555 | 741 | 378 | 436 | 47,65 | |||
Yutuqlari
| ]Futbolchi sifatida
| ]Universidad de Chile
- Chili kubogi: 1979-yil
Murabbiy sifatida
| ]- Universidad Católica
- Chili kubogi: 1995-yil
- Interamerika kubogi: 1993-yil
- LDU Kito
- A Seriyasi: 1999-yil
- San-Lorenso
- Birinchi divizion: 2000-01-yillar
- Merkosur kubogi: 2001-yil
- River Pleyt
- Birinchi divizion: 2002-03-yillar
- Vilyarreal
- UEFA Intertoto kubogi: 2004-yil
- Manchester Siti
- Premyer-liga: 2013-14-yillar
- Futbol ligasi kubogi: 2013-14, 2015-16-yillar
- Real Betis
- Ispaniya Qirol kubogi: 2021-22-yillar
Shaxsiy yutuqlari
| ]- Migel Munos sovrini: 2007-08, 2021-22-yillar
- Premyer-liganing oyning eng yaxshi murabbiyi: 2013-yil dekabr, 2014-yil yanvar, 2014-yil dekabr, 2015-yil avgust
- La Liganing oyning eng yaxshi murabbiyi: 2025-yil mart
- Malaga viloyati kengashi: Oltin qalqon mukofoti
Manbalar
| ]- „Pellegrini: Manuel Luis Pellegrini Ripamonti: Manager“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Manuel Pellegrini“. Goal.com. 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-dekabr.
- „Pellegrini, Manuel“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2019-yil 23-sentyabr.
- „Успешные южноамериканские тренеры“ (deadlink). 2012-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-iyun.
- Hunter, Andy. „Manuel Pellegrini confirmed as Manchester City manager“ (2013-yil 14-iyun).
- „Manchester City need two more goals to erase United's record feat of 143 goals during Busby Babes days“ (2014-yil 17-aprel). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-fevral.
- „Manchester City failed to reach their first Champions League final after an uninspiring semi-final second-leg display at 10-time winners Real Madrid“. BBC Sport (2016-yil 4-may). Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
- „West Ham manager Pellegrini sacked“. BBC Sport.
- „Manuel Pellegrini appointed Real Betis manager“. BBC Sport (2020-yil 9-iyul). Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
- Hayward, Paul. „Jose Mourinho's is right – Manchester City have a duty to win title“ (2014-yil 29-yanvar). 2014-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-yanvar.
- García, Javier „Manuel Pellegrini, hijo del "Ingeniero", es la nueva incorporación de Audax Italiano“ (es). www.encancha.cl (2022-yil 8-iyul). Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
- „Current list of deliberate tax defaulters“. GOV.UK.
- „Real appoint Pellegrini as coach“. BBC Sport (2009-yil 1-iyun). Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Managers: Manuel Pellegrini“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.
- „Managers list of Villarreal: All“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Real Madrid clear the way for Jose Mourinho“. BBC Sport (2010-yil 26-may). Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Managers list of Real Madrid: All“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Managers list of Málaga: All“. BDFutbol. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Manuel Pellegrini: Ex-Manchester City manager joins Hebei China Fortune“. BBC Sport (2016-yil 27-avgust). Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „West Ham favourite Manuel Pellegrini leaves Hebei China Fortune paving way for London Stadium move“ (2018-yil 19-may). Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Hebei China Fortune FC: Matches“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2018-yil 22-may.
- „Manuel Pellegrini, the humble engineer behind Spain's combative challengers“. fifa.com. FIFA (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
- „Manuel Pellegrini, the humble engineer behind Spain's combative challengers“. fifa.com. FIFA (2023-yil 13-iyul). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
- „uefa.com - UEFA Intertoto Cup - Fixtures & Results - Match Specific“ (2004-yil 29-avgust). 2004-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- „Manager profile: Manuel Pellegrini“. Premier League. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- „Real Betis 1–1 Valencia (5–4 on pens): Real Betis win Copa del Rey final on penalties“. BBC Sport (2022-yil 23-aprel). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
- „Manuel Pellegrini, Best LALIGA EA SPORTS Coach in March“. La Liga (2025-yil 24-mart). Qaraldi: 2025-yil 24-mart.
Havolalar
| ]| Vikiomborda Manuel Pellegrini haqida turkum mavjud |
- Manuel Pellegrini menejer profili BDFutbol saytida
- NFT template with ID Vikimaʼlumotlarda mavjud boʻlmagan sahifalar
- 16-sentyabrda tugʻilganlar
- 1953-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Chililik erkak futbolchilar
- Erkak futbol himoyachilari
- Universidad de Chile futbolchilari
- Chililik futbol murabbiylar
- Real Madrid CF murabbiylari
- Manchester City F.C. murabbiylari
- La Liga murabbiylari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Manuel Pellegrini haqida, Manuel Pellegrini nima? Manuel Pellegrini nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!