Vaqtinchalik murabbiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Hansi Flick 2019-yilda Niko Kovačning isteʼfoga chiqishidan soʻng „Bayern Munich“ning vaqtinchalik bosh murabbiyi vazifasini bajargan edi. Keyinchalik doimiy bosh murabbiy lavozimiga tayinlangan.

Futbolda (Assotsiatsiya futboli) vaqtinchalik murabbiy yoki vazifasini bajaruvchi murabbiy deb, odatda asosiy menejer ishdan boʻshatilganda yoki boshqa klubga oʻtib ketganda futbol jamoasini vaqtincha boshqaradigan shaxsga aytiladi. Shuningdek, asosiy murabbiy ishdan chetlashtirilganda, kasal, yuqumli kasallikka chalinganda (masalan, COVID-19) yoki oʻz vazifalarini bajara olmagan hollarda ham vaqtinchalik boshqaruvchi tayinlanishi mumkin. Jordi Roura, Angelo Alessio, Massimo Carrera, Germán Burgos, Davide Ancelotti, Rob Page va Jorge Maciel kabilar vaqtinchalik boshqaruvchilarga misol boʻla oladi. Vaqtinchalik boshqaruvchilar odatda klub ichidan qisqa muddatda tayinlanadi. Bu vazifaga koʻpincha bosh murabbiy yordamchisi, jamoa hodimi, tajribali murabbiy yoki malakali futbolchi tanlanadi.

Sharqiy Yevropada vaqtinchalik menejerlar

| ]

Sharqiy Yevropada vaqtinchalik murabbiy vazifalarni bajaruvchi yoki baʼzan vaqtinchalik vazifalarni bajaruvchi prefiks unvoniga ega boʻlgan bosh murabbiylardir. Ushbu menejerlar toʻliq bosh murabbiy (menejer) boʻlish uchun talab qilinadigan litsenziyaga (UEFA Pro litsenziyasi) ega boʻlmaydilar va shu lavozim orqalik jamoani boshqarib borishadi.

Odatda, bosh murabbiy yordamchisi tomonidan bajariladigan vaqtinchalik menejer vazifalari, baʼzan katta murabbiy unvoni bilan, bir marta klub tomonidan tasdiqlangan. Agar butun murabbiylar shatbi ishdan boʻshatilsa, klub boshqa davomchi murabbiy tayinlaydi yoki klubdagi shu vazifaga yaqin hodim vaqtincha yoki vazifasini bajaruvchi murabbiy sifatida tayinlanadi. Bosh murabbiy yordamchisi yoki katta murabbiy oʻrniga ham vaqtinchalik murabbiy tayinlanishi mumkin.

Amaliyotda vaqtinchalik menejerlar

| ]

Vaqtinchalik murabbiylarning muvaffaqiyatlariga ham bir necha misollar keltirish mumkun. Bunga mashhur misollar sifatida „Arsenal“ning uzoq yillik yordamchi murabbiyi Stewart Houstonni keltirish mumkin. Stewart 1994-95-yilgi mavsum oʻrtalarida George Graham toʻsatdan ishdan boʻshatilganidan keyin klub boshqaruvini qoʻlga olgan va klubni 1995-yilgi Yevropa kubogi gʻoliblari kubogi finaliga olib chiqqan. Toni Barton Ron Saunders ketganidan keyin „Aston Villa“ bosh murabbiyi etib tayinlangan va klubni atigi uch oy boshqarganidan soʻng 1982-yilgi Yevropa kubogi finalida gʻalaba qozongan. „West Ham United“ klubida 2002-03-yilgi mavsum oxirida Glenn Roederning kasalligi sabab jamoani yaxshi boshqara olmaydi va 2003-04-yilgi mavsum boshida ishdan boʻshatilganidan keyin jamoa direktori Trevor Brooking vaqtinchalik menejer etib tayinlangan. Fransiya Liga 1 turnirida, Lion klubi oʻz maydonida „Brest“ klubini qabul qilgan. Lion klubi bosh murabbiyi Paulo Fonseca oʻyin davomida bosh hakam Benoît Millotga tajovuzkorona qarshilik koʻrsatganidan soʻng, maydondan chetlatilgan va 30-noyabrgacha diskvalifikatsiya qilingan. Keyinchalik bosh murabbiy yordamchisi Jorge Maciel Liga 1 oʻyinida „Lion“ning vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida maydonga tushgan.

Yana qarang

| ]
  • Bosh murabbiy

Manbalar

| ]
  1. "Tablitsya vіdpovіdnostey lіsenzіy". clffu.org.ua. Access date – 6 June 2023

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Vaqtinchalik murabbiy haqida, Vaqtinchalik murabbiy nima? Vaqtinchalik murabbiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan