Abdulloh Olimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulloh Olimov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdulloh Adhamjon oʻgʻli Olimov
Tavallud sanasi 11-fevral 1993-yil (1993-02-11) (32 yosh)
Tavallud joyi Margʻilon Oʻzbekiston
Boʻyi 1.78 cm (12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Erkin agent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Paxtakor 7 (0)
2014—2015 Neftchi 18 (0)
2015 Andijon 13 (0)
2016 Qoʻqon 1912 22 (0)
2017—2018 Mashʼal 28 (1)
2019—2020 Andijon 33 (2)
2021—2023 Neftchi 38 (4)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Oʻzbekiston U-20 9 (0)
2014 Oʻzbekiston U-23 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Abdulloh Adhamjon oʻgʻli Olimov (inglizcha: Abdullokh Olimov; 11-fevral 1993-yil, Margʻilon, Oʻzbekiston) – Oʻzbek millatiga mansub futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati

| ]

Fargʻona va Toshkent futbol maktabida taʼlim olgan. Professional futboldagi faoliyati Toshkentnning „Paxtakor“ klubida boshlagan. 2012-yilgi mavsumda ilk bor „Paxtakor“ jamoasi tarkibida debyut oʻyinini oʻtkazgan. Ikki mavsum davomida „Paxtakor“ klubi toʻp surgan Abdulloh, 2014-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibiga oʻtgan. Fargʻonaliklar tarkibida bir yarim mavum oʻynagan boʻlsada, 18 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2015-yilgi mavsumning yozgi transfer oynasida Neftchi klubini trak etib „Andijon“ klubi tarkibiga oʻtgan. „Andijon“ klubi tarkibida yarim mavsum oʻynaganidan soʻng 2016-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Qoʻqon jamoasi tarkibida bir mavsumdan uzoq qomadi va 2017-yilgi mavsum oldidan Muborakning „Mashʼal“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Mavsum davomida eng chiroyli gollardan biriga mualliflik qilgan. Muborakliklar tarkibida ikki mavsum oʻynadi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. 2019-yilgi mavsum oldidan Muborak klubi tark etib „Andijon“ klubiga qaytdi va ikki mavsum davomida andijonliklar tarkibida oʻynagan. 2021-yilgi mavsumda bu safar Fargʻonaga, „Neftchi“ klubiga qaytgan. Klubga qaytgan Abdulloh jamoani 2021-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasida gʻolib boʻlishiga yordam berdi. Keyinchalik yana ikki mavsum davomida „Neftchi“ klubida oʻynagan boʻlsada, 2023-yilgi mavsum soʻnggida Fargʻona jamoasi tarkibini tark etdi.

Yutuqlar

| ]
  • Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021
  • Oʻzbekiston Pro ligasi ikkinchi oʻrin: 2018

Manbalar

| ]
  1. „"Neftchi": Asqaraliev, Turdialiev va Derkach ketdi, Olimov hamda Rahmonov ko'rikda“ (2014-yil 30-yanvar).
  2. „Abdulloh Olimov “Neftchi” ko'rigida“ (2014-yil 27-yanvar).
  3. „Abdulloh Olimov "Neftchi"ni tark etdi“ (2015-yil 17-iyul).
  4. „Abdulloh Olimov "Andijon"ga o'tdi“ (2015-yil 28-iyul).
  5. „"Qo'qon-1912": Abdulloh Olimov mashg'ulotlarga qo'shildi“ (2016-yil 26-yanvar).
  6. „"Qo'qon-1912": Abdulloh Olimov va Abdul Aziz Yusupov bilan shartnoma tuzildi“ (2016-yil 28-yanvar).
  7. „Abdulloh Olimov "Qo'qon-1912" bilan xayrlashdi“ (2017-yil 4-yanvar).
  8. „"Mashal": Bobur Qosimov va Abdulloh Olimov bilan shartnoma imzolandi“ (2017-yil 7-yanvar).
  9. „TOP-3. Oliy liga. 16-turning eng chiroyli gollari VIDEO“ (2017-yil 17-avgust).
  10. „“Mashal”: Asosiy tarkibining etti nafar futbolchisi bilan xayrlashdi“ (2019-yil 5-yanvar).
  11. „“Andijon” yangi futbolchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazdi“ (2019-yil 5-yanvar).
  12. „Bobur Akbarov va Abdulloh Olimov yana "Andijon"ga qaytdi“ (5 yanvar, 2019).
  13. „Superliga. 8 ta gol urilgan, Olimov darvozabonga aylangan o'yinda "Bunyodkor" "Andijon"ni yutdi“ (2020-yil 22-oktyabr).
  14. „Rasmiy xabar: "Neftchi" 7 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi“ (2021-yil 20-dekabr).
  15. „«НЕФТЧИ» БИР ҚАТОР ФУТБОЛЧИЛАР БИЛАН ДЎСТОНА ХАЙРЛАШДИ!“ (2023-yil 19-dekabr).

Havolalar

| ]
  • Abdulloh Olimov (Wayback Machine saytida 2023-12-26 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida
  • Abdulloh Olimov Transfermarkt saytida
  • Abdulloh Olimov Soccerway saytida
  • Abdulloh Olimov FootballDatabase.eu saytida
  • Abdulloh Olimov Eurosport saytida

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulloh Olimov haqida, Abdulloh Olimov nima? Abdulloh Olimov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan