Maʼmuriy-hududiy tuzilish
Maʼmuriy-hududiy tuzilish — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subʼyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shahri k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg.ng yaqin boʻlishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yoʻq.
Oʻzbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent shahri), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga boʻlinadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tumanlarga boʻlinadi (yana qarang Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishi).
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Siyosatga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Siyosatga oid chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Maʼmuriy-hududiy tuzilish haqida, Maʼmuriy-hududiy tuzilish nima? Maʼmuriy-hududiy tuzilish nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!