Oliy matematika
Oliy matematika oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan kurs boʻlib, oʻz ichiga oliy algebra va matematik tahlil kabi matematik sohalarni oladi. Oliy matematika alohida fan sohasi emas, balki taʼlim sohasining bir predmetidir.
Oliy matematika - texnika, iqtisod, qishloq xoʻjaligi va boshqa maxsus oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan matematika boʻlimlaridan iborat kurs. Oliy matematika kursiga, asosan, analitik geometriya, oliy algebraning ayrim kiyem lari, differensial hisob, integral hisob, differensial tenglamalar kiradi. 20-asr 70-yillarida Oliy matematikaga matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli dasturlash va boshqa sohalar ham qoʻshildi. Baʼzan, matematikaning oʻrta maktab dasturiga kiritilmagan qismi Oliy matematika deb tushuniladi. Bu notoʻgʻri, chunki oʻrta maktab matematika dasturiga matematikaning koʻp sohalari, jumladan, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasining maʼlum qismlari kiritilgan (qarang Elementar matematika).
Tarkibi
| ]Oliy matematika kursida quyidagilar oʻqitilishi mumkin:
- Oliy algebra
- Analitik geometriya
- Matematik tahlil
- Tahliliy geometriya
- Chiziqli algebra
- Hosila
- Integral
- Differensial tenglama
- Toʻplamlar nazariyasi
- Ehtimollar nazariyasi
- Matematik statistika
Havolalar
| ]- Oliy matematika (Wayback Machine saytida 2008-06-08 sanasida arxivlangan), ZiyoNET
- «OLIY MATEMATIKA» fanidan DASTUR[sayt ishlamaydi], Toshkent Moliya Instituti
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Matematikaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Matematikaga oid chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Oliy matematika haqida, Oliy matematika nima? Oliy matematika nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!