Shimoliy Irlandiya

Shimoliy irlandiya — Buyuk Britaniyaning maʼmuriy-siyosiy qismi. Irlandiya o.ning shim.sharqiy qismida joylashgan. Maydoni 14,2 ming km². Aholisi 1675 ming kishi (1997). Asosiy shahri — Belfast. Maʼmuriy jihatdan 26 okrugga boʻlingan.

SH.I.ning 20-asr boshlarigacha boʻlgan tarixi Irlandiya tarixi bilan uzviy bogʻliq. Bu hududda odamlar mil. av. 6ming yillikdan, kelt qabilalari esa mil. av. 4-asrdan yashay boshlagan. Ilk oʻrta asrlarda bu hudud mustaqil Olster Irland Qirolligining tarkibiga kirgan. 12-asr oxirida rasman ingliz taxtiga tobe boʻlgan boʻlsa ham amalda hokimiyat klan qabilasi boshliklari qoʻlida boʻlgan (qarang Olster, tarixiy viloyat). 16-asrda Irlandiya hududining barcha qismida Angliya hukmronligi oʻrnatilgach, hozirgi Shimoliy Irlandiya hududi Olster viloyati tarkibiga kirgan. 1919—21 yillardagi irland xalqining inglizlarga qarshi olib borgan milliy ozodlik urushi natijasida 1921-yil imzolangan AngliyaIrlandiya shartnomasiga koʻra, Buyuk Britaniya Irlandiyaning katta qismiga dominionlik huquqini berdi (1949-yildan Irlandiya Respublikasi), ammo Shimoliy Irlandiya hududidagi hukmronligini saqlab qoldi. Irlandiyaning ana shu ajratib olingan qismida rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi tarkibida muxtor viloyat (Shimoliy Irlandiya) tashkil etildi.

Manbalar

  1. image „Shimoliy Irlandiya“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Sh-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Shimoliy Irlandiya haqida, Shimoliy Irlandiya nima? Shimoliy Irlandiya nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan