Margaret Tetcher
| Margaret Hilda Thatcher | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | Margaret Hilda Roberts 13-oktyabr 1925-yil Grantham, Lincolnshire, Birlashgan Qirollik |
| Vafoti | 8-aprel 2013-yil (87 yoshda) Buyuk Britaniya |
| Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
| Otasi | Alfred Roberts |
| Onasi | Beatrice Ethel Stephenson |
Margaret Hilda Thatcher (talaffuzi: Margaret Hilda Tetcher; qizlik familiyasi — Roberts; 13-oktabr 1925 – 8-aprel 2013) – Britan siyosatdoni, 1979—1990-yillarda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻlgan. Thatcher shu mansabdagi birinchi ayol kishi boʻlgan. Qattiqqoʻl siyosati va rahbarligi uchun bir Sovet muxbiri uni „Temir Xonim“ (inglizcha: Iron Lady; ruscha: Железная Леди) deb atagan, bu laqab keyinchalik keng tarqalib ketgan. Bosh vazirlik vaqtida konservativ siyosat yuritgan.
Avvaliga kimyo bilan shugʻullangan Thatcher keyinchalik huquqshunoslikka oʻtgan va 1959-yili parlament aʼzosi etib saylangan. 1970-yili Edward Heath uni Taʼlim va Fan davlat kotibi etib ishga olgan. 1975-yilgi Konservatorlar saylovida Thatcher rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol-yetakchisi boʻldi. 1979-yilgi saylovda ham yengib chiqib, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri boʻldi.
Thatcher yillari deregulatsiya bilan xarakterlanib, shu muhlat davomida u hukumat shirkatlarini xususiylashtirish, kasaba uyushmalari taʼsirini cheklash kabi konservativ islohotlar olib bordi. Ishsizlik va retsessiyadan susaygan Thatcher hukumati ostida mamlakat keyinchalik iqtisodiy oʻsish koʻrdi va 1982-yili Folklend urushida gʻalabaga erishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli Thatcher 1983-yili qayta saylandi.
Thatcher 1987-yili uchinchi muhlatga saylandi, biroq uning jon boshidan olinadigan soliq ʼelon qilishi aholi orasida norozilikka sabab boʻldi, Yevropa Hamkorligiga nisbatan qarashlari esa uning mahkamasi tomonidan xush qarshilanmadi. Natijada 1990-yil noyabrida Thatcher isteʼfoga chiqdi va umrining oxirigacha baronessa unvonida va Lordlar uyida qoldi.
Margaret Thatcher 2013-yil 8-aprelida insultdan vafot etdi.
Manbalar
| ]- „BBC News - Ex-Prime Minister Baroness Thatcher dies“. bbc.co.uk (8-aprel 2013-yil). Qaraldi: 8-aprel 2013-yil.
- „Маргарет Тэтчер вафот этди“ (oʻzbekcha). kun.uz (2013-yil 8-aprel). Qaraldi: 9-aprel 2013.[sayt ishlamaydi]
Havolalar
| ]- Margaret Thatcher Foundation (ingl.)
| Vikiomborda Margaret Thatcher haqida turkum mavjud |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 13-oktyabrda tugʻilganlar
- 1925-yilda tugʻilganlar
- 8-aprelda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Birlashgan Qirollik Bosh vazirlari
- Buyuk Britaniya Bosh vazirlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Ayol bosh vazirlar
- Britaniyalik yuristlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Margaret Tetcher haqida, Margaret Tetcher nima? Margaret Tetcher nimani anglatadi?





Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!