Silvio Berlusconi
| Silvio Berlusconi | |
|---|---|
![]() Silvio Berlusconi 2019-yil may oyida | |
| Italiya bosh vaziri | |
| Mansab davri 8-may 2008 | |
| Hukumat boshligʻi | Giorgio Napolitano |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 29-sentyabr 1936-yil Milan, Italiya |
| Vafoti | 12-iyun 2023-yil (86 yoshda) |
| Faoliyati | siyosat |
Silvio Berlusconi (1936-yil 29-sentabr — 12-iyun 2023) — italiyalik siyosatchi va tadbirkor. 1994-yil mayidan 1995-yil yanvarigacha, 2001-yil iyunidan 2006-yil maygacha va 2008-yil mayidan 2011-yil noyabrigacha Italiya Bosh vaziri boʻlgan. U boshqa lavozimni egallamasdan birinchi boʻlib Bosh vazir boʻldi. Berlusconi, Forza Italia nomli koalitsiya rahbari.
Berluskoni 1936 yilda Milanda tug‘ilgan, u yerda o‘rtahol oilada o‘sgan. Uning otasi Luidji Berluskoni (1908–1989) bank xodimi, onasi Roza Bossi (1911–2008) uy bekasi. U uchta farzandning birinchisi edi; uning singlisi Mariya Francheska Antonietta (1943–2009) va ukasi Paolo (1949 yilda tugʻilgan) bor edi. Uning o‘nta nevarasi bor.
Berlusconi, shuningdek, Italiyaning eng muhim menejeri, u Mediaset televizion guruhi, Mondadori tahririyat guruhi va Mediolanum SpA bank guruhining egasi. Milanda tugʻilgan. 2020-yil iyul oyida uning boyligi 6,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Berlusconi adolat bilan bogʻliq baʼzi muammolarga duch keldi, jumladan firibgarlik (1994, 1996) va korruptsiya (1998). 1990-yillarda u siyosatga kirgan va 1994-yilda, 2001-yilda va 2008-2011-yillarda hukumat rahbari boʻlgan. 2012-yil 26 oktyabrda u firibgarlikda ayblangan. 2013-yil 1 avgustda uning qamoq muddati tasdiqlandi, qariganligi sababli u 4-yilni uy qamogʻida oʻtashi kerak boʻladi. 2013-yilda Berlusconi voyaga etmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilish uchun pul toʻlaganlikda ayblangan. Bu hukm 2014-yil 18-iyulda bekor qilindi .
2019-yilda u 2019-yilgi saylovlarda Yevroparlament deputati etib saylangan. Avvalroq 1999-2001-yillarda Yevroparlament deputati bo‘lgan. U 2022-yilgi saylovlarda Italiya prezidentligiga nomzod sifatida koʻrildi.
2020-yilning 2-sentyabr kuni butun dunyo boʻylab koronavirus pandemiyasi davrida Berlusconi COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Ertasi kuni Berlusconi pnevmoniya bilan Milanda kasalxonaga yotqizilgan. U 14 sentyabr kuni shifoxonadan chiqarilgan.
2023-yili 12-iyun kuni 87 yoshida vafot etdi.
Manbalar
| ]- „Сильвио Берлускони 87 ёшида вафот этди“ (2023-yil 12-iyun).
- „Silvio Berlusconi & family“. Forbes.
- Squires. „Silvio Berlusconi four-year sentence quickly cut to one year“ (2012-yil 26-oktyabr).
- „Italy's former Prime Minister Silvio Berlusconi jailed...but to go free“. Express.co.uk (2013-yil 2-avgust).
- „Berlusconi sex conviction overturned“. BBC News (2014-yil 18-iyul).
- „Heʻs back: Silvio Berlusconi launches bid for Italian presidency“ (en). The Independent (2021-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 22-dekabr.
- Giuffrida, Angela. „Silvio Berlusconi tests positive for Covid-19 after Sardinia visit“. The Guardian (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
- „Coronavirus: Italy ex-PM Silvio Berlusconi in hospital“. BBC News (2020-yil 4-sentyabr).
- Covid, Berlusconi: "Primi tre giorni difficilissimi, non credevo di farcela", Adnkronos
Havolalar
| ]- 29-sentyabrda tugʻilganlar
- 1936-yilda tugʻilganlar
- Milanda tugʻilganlar
- 12-iyunda vafot etganlar
- 2023-yilda vafot etganlar
- Italiya Bosh vazirlari
- Kishilar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Silvio Berlusconi haqida, Silvio Berlusconi nima? Silvio Berlusconi nimani anglatadi?






Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!