Quvondiq Sanaqulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Quvondiq Sanaqulovich Sanaqulov
image
Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ boshqaruv raisi-bosh direktori
Mansab davri
2008-yildan
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Nikolay Kucherskiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-iyun 1957-yil (1957-06-12) (68 yosh)
Payariq tumani, Samarqand viloyati, OʻzSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Mukofotlari imageimage
imageimage

Quvondiq Sanaqulovich Sanaqulov — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi. „Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi-bosh direktori.

Tarjimai holi

| ]

1957-yil 12-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti — oliy, 1979-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-metallurg mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1981—1989 — Jizzax viloyati Marjonbuloq oltin konida usta, katta usta, bosh texnolog, bosh muhandis, Jizzax viloyati Chegaralangan konlar boshqarmasi texnik koʻrik boʻlimi ustasi, Marjon konining bosh muhandisi, Jizzax viloyati oltin ishlab chiqarish fabrikasi boshligʻi.

1989—1992 — „Oʻzbekoltin“ ishlab chiqarish birlashmasida bosh boyituvchi, bosh muhandis.

1992—1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Rangli va noyob metallar davlat qoʻmitasi metallurgiya boʻlimi bosh muhandisi, boʻlim boshligʻi.

1994—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Industrial rivojlanish kompleksi yetakchi mutaxassisi.

1997—1999 — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hokimi.

1999—2003 — „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ ochiq aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish masalalari boʻyicha direktori.

2003—2007 — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.

2007—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.

2008-yildan — „Navoiy kon-metallurgiya kombinati“ davlat korxonasi bosh direktori.

2010-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi.

2012-yildan — Oʻzbekiston suzish federatsiyasi Prezidenti.

2014-yildan 2022-yilgacha — Navoiy konchilik instituti rektori.

Mukofotlari

| ]

2001-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 10 yil“ esdalik nishoni berilgan.

2004-yilda Doʻstlik ordeni berilgan.

2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

2009-yilda „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ faxriy unvoni berilgan.

2015-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotini olgan.

Yana qarang

| ]

Manbalar

| ]
  1. „NGMK“. 2017-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  2. „NKMK“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  3. https://m.kun.uz/news/2022/06/18/ozbekiston-qahramoni-quvondiq-sanoqulov-navoiy-davlat-konchilik-instituti-rektori-lavozimidan-ozod-etildi
  4. Senat[sayt ishlamaydi]
  5. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida“.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Quvondiq Sanaqulov haqida, Quvondiq Sanaqulov nima? Quvondiq Sanaqulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan