Alisher Sultonov
Alisher Saidabbosovich Sultonov — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi (2015-2018), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2017-2018), vitse-prezidenti (2018-2019), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2017-2022), Energetika vaziri (2019-2022).
Sultonov Alisher Saidabbosovich | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2022-yil 7-iyundan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2019-yil 16-fevraldan – 2022-yil 7-iyungacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
Vorisi | Joʻrabek Mirzamahmudov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2015-yil 29-avgustdan – 2018-yil 13-sentabrgacha | |
Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shokir Fayzullayev |
Vorisi | Bahrom Ashrafxonov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2017-yil 4-yanvardan – 2018-yil 10-yanvargacha | |
Oʻtmishdoshi | Mirabror Usmonov |
Vorisi | Umid Ahmadjonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 29-noyabr 1967-yil Toshkent |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
Mukofotlari | ![]() ![]() |
Biografiyasi
1984—1989 — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi
1989—1991 — Harbiy xizmatda
1991—1993 — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.
1993—1996 — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.
1996—1998 — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.
1998—1998 — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.
1998—1999 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.
1999—2002 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.
2002—2013 — „Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi“ unitar shoʻba korxonasi direktori.
2013—2018 — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.
2013—2015 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.
2015—2018 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.
2017—2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti.
2018—2019 — Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.
2017-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
2019-yil 16-fevraldan 2022-yil 7-iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Energetika vaziri.
2020-yildan 2022-yilgacha — Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi raisi.
2022-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi prezidentining energetik xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlamoqda.
Oilasi
Otasi — Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovich — Fanlar akademiyasi ishlar boshqarmasi boshlig'i boʻlgan.
Oʻgʻli — Sultanov Saidafzal Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili.
Manbalar
- arxiv nusxasi, 2018-02-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-01-24
- MOQ tarkbi saylandi
- Alisher Sultonov „Oʻzbekneftgaz“ rahbarligidan ketdi
- „Alisher Sultonov bosh vazir oʻrinbosari etib“. 2017-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
- https://m.kun.uz/news/2020/09/05/alisher-sultonov-rowingcanoe-federatsiyasi-raisi-lavozimiga-saylandi
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Alisher Sultonov haqida, Alisher Sultonov nima? Alisher Sultonov nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!