Rudolf Clausius

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rudolf Clausius
olmoncha: Rudolf Julius Emanuel Clausius
image
Tavalludi 2-yanvar 1822
Vafoti 24-avgust 1888
Fuqaroligi Prussiya qirolligi

Rudolf Julius Emanuel Clausius (1822.2.1, Kyoslin, hozirgi Koshalin, Polsha — 1888.24.8, Bonn) — nemis fizigi, termodinamika va gazlar kinetik nazariyasi asoschilaridan biri. Berlin universitetini tugatgan (1848). Syurix (1857-yildan), Vyursburg (1867-yildan) va Bonn (1869-yildan) universitetlari professor Termodinamikaning ikkinchi bosh qonunini taʼriflab bergan (1850). Entropiya tushunchasini kiritgan (1865). Moddaning erish temperaturasi oʻzgarishini bosim oʻzgarishi bilan bogʻlovchi tenglamani (qarang Clausius–Clapeyron tenglamasi) asoslab bergan (1850). Ideal gaz, shuningdek, molekulalarning erkin yugurish uzunligi tushunchasini fanga kiritgan va birinchi boʻlib shu uzunlikni hisoblagan (1860). K. elektroliz nazariyasiga muhim hissa qoʻshgan. Joul—Lens qonuninp nazariy jihatdan asoslagan, termoelektr nazariyasini rivojlantirgan, dielektriklarning qutblanish nazariyasini ishlab chiqqan.

Manbalar

| ]
  1. "KLAUZIUS (Clausius) Rudolf Yulius Emanuel" OʻzME. K-harfi (Wayback Machine saytida 2022-04-19 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Rudolf Clausius haqida, Rudolf Clausius nima? Rudolf Clausius nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan