Amerika qitʼasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Amerika
image
Maydoni 42 549 000 km2
Aholisi 1,2 milliard
Aholi zichligi 22,67/km2
Etnoxoronim amerikalik
Davlatlar 35
Tillar ispancha, inglizcha, portugalcha, fransuzcha va boshqalar
Vaqt mintaqalari UTC−10:00 dan UTC gacha


Amerika – ikki materik, yaʼni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qitʼa; ular orasidagi chegara odatda Daren boʻyni, baʼzan esa Panama boʻyni orqali oʻtkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. Gʻarbiy yarim sharda, Atlantika va Tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada koʻpincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million km2. Aholisi 1,2 milliard kishi (2021). Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy sohili 10—11-asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shimoliy qismi hamda Shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining janubiy qismini 1492—1503-yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy Gʻarbiy yarim sharda ham quruqlik boʻlishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika italiyalik tadqiqotchi Amerigo Vespucci nomiga qoʻyilgan.

Manbalar

| ]
  1. „Population“. United Nations. Qaraldi: 25-iyul 2021-yil.
  2. 77Webster’s New World College Dictionary, 2010 by Wiley Publishing, Inc., Cleveland, Ohio.
  3. Merriam Webster dictionary. Merriam-Webster, Incorporated, 2013. Qaraldi: 2016-yil 23-mart. 
  4. "continent n. 5. a." (1989) Oxford English Dictionary, 2nd edition. Oxford University Press; „continent1 n.“ (2006) The Concise Oxford English Dictionary, 11th edition revised. (Ed.) Catherine Soanes and Angus Stevenson. Oxford University Press; „continent1 n.“ (2005) The New Oxford American Dictionary, 2nd edition. (Ed.) Erin McKean. Oxford University Press; „continent [2, n] 4 a“ (1996) 'Webster’s Third New International Dictionary, Unabridged. ProQuest Information and Learning; „continent“ (2007) Encyclopædia Britannica. Retrieved January 14, 2007, from Encyclopædia Britannica Online.
  5. „Cartographer Put 'America' on the Map 500 years Ago“. USA Today. Associated Press (24-aprel 2007-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2008-yil.

Adabiyotlar

| ]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Amerika qitʼasi haqida, Amerika qitʼasi nima? Amerika qitʼasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan