Tank qoʻshinlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tank qoʻshinlari - quruklikdagi qoʻshin turi. Tank, motooʻqchi (mexanizatsiyalashgan, motopiyoda), raketa, artilleriya va boshqa boʻlinma, qism, qoʻshilmalardan tarkib topgan. Tank qoʻshinlari qudratli oʻt ochish, kuchli zarba berish va tez harakat qilish imkoniyatiga hamda ishonchli zirxli himoyaga ega. Bu qoʻshinlar asosiy yoʻnalishlarda yalpi harakat qilib, mustaqil va boshqa qoʻshinlar bilan hamkorlikda dushman mudofaasini yorib oʻtish, yuksak manyovrli jangovar harakatlar olib borish, dushman mudofaasi ortida harakat qilib, uning zahiralarini tormor etish, eng muhim marralarni egallash va uni himoya qilish hamda jang va operatsiya maqsadlariga tezkorlik bilan erishishni taʼminlash va boshqalarga qodir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida Tank qoʻshinlari mavjud.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Tank qoʻshinlari haqida, Tank qoʻshinlari nima? Tank qoʻshinlari nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan