Almira Skripchenko

Almira Skripchenko (1976-yil 17-fevralda tugʻilgan) — fransiyalik shaxmatchi, u xalqaro shaxmat ustasi (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2001-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi, yakka tartibdagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi.
Faoliyati
| ]Shaxmatdagi faoliyati
| ]Skripchenko 6 yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan. 1991-yilda Moldova Sovet Ittifoqidan mustaqil boʻldi. Bu Skripchenkoning birinchi marta oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etishini anglatardi. U 1992-yilda Germaniyaning Duysburg shahrida 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan va 1993-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
U 1997-yilda fransuz grossmeysteri Joel Lautierga turmushga chiqdi va Fransiyaga koʻchib oʻtdi. U 2001-yilda Fransiya fuqaroligini oldi va 2002-yilda Lautier bilan ajrashganiga qaramay, Fransiya fuqaroligida qoldi. Keyinchalik, Skripchenko fransuz grossmeysteri Loran Fressinega turmushga chiqdi va 2007-yil yanvar oyida qiz farzand koʻrdi.
Skripchenko 2001-yilda 25 yoshida oʻzining eng katta muvaffaqiyatini nishonladi va shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi yakka tartibdagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Oʻsha paytda u „Moldovada 2001-yilda eng yaxshi sportchi“ deb tan olingan va oʻz vatanida „Milliy xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
2004-yilda u shaxmatchi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan ikkinchi xalqaro superturnir „Shimoliy Ural kubogi“da gʻolib chiqdi. Skripchenko ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni Mayya Chiburdanidzeni yakkalik bahsda magʻlub etdi. 2005-yilda u „Accentus Ladies“ turnirida gʻolib chiqdi. Skripchenko 2000-yil, 2001-yil va 2010-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida chorak finalgacha yetib borgan.
Skripchenko 2002-yildan beri turnirlarda Fransiyani himoya qilib kelmoqda. U 2004-yil, 2005-yil, 2006-yil, 2010-yil, 2012-yil va 2015-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Fransiya chempionatida gʻolib chiqqan. Jamoaviy oʻyinda u dastlab, „Chess Club“ bilan 2003—2004-yillarda, soʻngra, „Klishi Echecs“ bilan 2007—2008-yillar va 2012— 2013-yillarda Fransiya milliy shaxmat ligasida gʻolib chiqdi.
Pokerdagi faoliyati
| ]Skripchenko yirik poker turnirlarida ishtirok etgan. 2009-yilda u Butunjahon poker seriyasi „No Limit Texas“ turnirida yettinchi oʻrinni egalladi va 78 664 dollar yutib oldi. 2011-yilda u „World Poker Tour“ turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi va 50 000 dollar yutib oldi. Uning poker turniridagi yutuqlari 250 000 dollardan oshadi.
Manbalar
| ]- Derbyshire. „Checkmate: Chess master Skripchenko finds the felt“. PokerListings.com. Rock Intention Malta (2009-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- „Duisburg 1992 - 10° World Championship u16 (girls)“. BrasilBase.
- „C.to Mondiale U18 femminile“. LOTO - Lost Tournaments. Italian Chess Federation. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
- McClain, Dylan Loeb. „An Unusual Double: Husband and Wife Win French Chess Championships“. The New York Times (2010-yil 22-avgust). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- McClain, Dylan Loeb. „Frenchwoman Wins Attention at an Event Dominated by Men“. The New York Times (2008-yil 4-may). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- McClain, Dylan Loeb. „At Title Event, Asian Women Pursue World Domination“. The New York Times (2010-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- Kavalek, Lubomir. „Chess Bundesliga Kicks Off“. The Huffington Post (2010-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- McClain, Dylan Loeb. „Taking a Break From Poker to Win a Championship“. The New York Times (2012-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- „No-Limit Hold'em (Event 36)“. wsop.com. Caesers Interactive Entertainment (2009-yil 20-iyun). 2017-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- Perelman. „LA Poker Classic 2011 Event #44 WPT Invitational Final Results“. Commercetournaments.com (2011-yil 3-mart). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- Holloway. „World Poker Tour on FSN: The WPT Celebrity Invitational Part II“. PokerNews.com (2011-yil 30-may). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
- „Almira Skripchenko“. Hendon Mob database. Media Rex Enterprises. 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- Yashayotgan insonlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- Shaxmatchi ayollar
- Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Almira Skripchenko haqida, Almira Skripchenko nima? Almira Skripchenko nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!