Irlandiya oroli
Irlandiya oroli - Britaniya orollari arxipelagidagi orol. Shimol, gʻarb va janubidan Atlantika okeani, sharqdan Irlandiya dengizi oʻrab turadi. Shimoliy va San-Georg boʻgʻozlari orqali Buyuk Britaniya o.dan ajralib turadi. Mayd. 84 ming km2, shimoliy dan ja-nubga uz. 450 km, eni 300 km atrofida. Qirgʻoklari notekis, qoʻltiq va qoyali orollar koʻp. I. o.ning ichki qismi Markaziy tekislik, chekkalari past togʻlar (Karrantuill choʻqqisi, bal. 1041 m gacha) va platolardan iborat. Ikdimi moʻʼtadil, okean iqlimi, qishi yumshoq, yozi salqin va seryogʻin. Daryo (Shannon va b.), koʻl (LoxNey, Lox-Ern va b.) va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari yil boʻyi yashil boʻlib turadigan oʻtloq va vereskzorlardan iborat. I. o. ning katta qismida Irlandiya davlati, shimoli-sharqida Shimoliy Irlandiya joylashgan. Yirik shaharlari — Dublin, Belfast.
![]() | |
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 84 421 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | m. |
Eng baland nuqtasi | Carrauntoohil |
Ma'muriyat | |
Davlat | Irlandiya va Birlashgan Qirollik |
Demografiya | |
Aholisi | 7 185 600 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Irlandiya oroli haqida, Irlandiya oroli nima? Irlandiya oroli nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!