Abdugʻaffor Qirgʻizboyev
| Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 10-avgust 1962-yil Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | tarixchi |
| Sohasi | tarix |
| Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
| Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev (1962-yil 10-avgust, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori (2005), professor (2016). 2025-yil may oyidan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Biografiyasi
| ]Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 1962-yil 10-avgust Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Faoliyati
| ]1985—1986-yillarda Toshkent shahar 186-sonli maktabda tarix fani oʻqituvchisi, 1986—1988-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1989—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti aspiranti, 1992—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1992—1993-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Oʻzbekiston xalqlari tarixi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1993—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda institutning kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1996—2004-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (1998-yildan universitet) maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha prorektori, 2004—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, 2005—2009-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi, 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi, 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan 2025-yilga qadar Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yil may oyidan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
| ]Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 2005-yilda „Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2016-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
Manbalar
| ]- „Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2025-yil 7-may).
- „«Zamdekan» mojarosi ortidan TDPU rektori ishdan olindi“ (2021-yil 17-noyabr).
- „Zamdekan” mojarosi ortidan TDPU rektori o‘zgardi“ (2021-yil 17-noyabr).
- Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- „КИРГИЗБОЕВ Абдугаффор“.
- „Yarim yildirki O`zbekistonda davlat tilini rivojlantirishga mas`ul topilmayapti“ (2022-yil 26-aprel).
- „Hukumatda yangi tashkil etilgan departamentga mudir tayinlandi“ (2019-yil 12-noyabr).
- „Абдуғаффор Қирғизбоев Давлат тилини ривожлантириш департаментининг мудири этиб тайинланди“ (2019-yil 12-noyabr).
- „Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri lavozimidan ozod etildi. Endi u rektor“ (2021-yil 17-noyabr).
- „Toshkent davlat pedagogika universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2021-yil 17-noyabr).
- „Namangan davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi“ (2025-yil 7-may).
- 10-avgustda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbek tarixchilari
- Oʻzbekiston professorlari
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Tarix fanlari doktorlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdugʻaffor Qirgʻizboyev haqida, Abdugʻaffor Qirgʻizboyev nima? Abdugʻaffor Qirgʻizboyev nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!